

Kelayotgan yozda Leauning shartnomasidagi 175 mln evro tovon puli bo'yicha band faollashtirilishiga qaramay, "rossonerilar" portugaliyalik futbolchini 100 mln evroga sotishga tayyor.
Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 75 mln evroni tashkil etadi.



