So’nggi yangiliklar

20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  1 20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" 1:1 (матнли трансляция)  24 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:2 (матнли трансляция)  10 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4

Fevzi Davletov: "O'yinning boshida o'tkazib yuborilgan gol bizga salbiy tasir qildi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "O'yinning boshida o'tkazib yuborilgan gol bizga salbiy tasir qildi"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Birinchidan, barchani yangi mavsumning boshlanishi bilan tabriklayman. Afsuski, o'tgan mavsumdagi kabi, biz yana mag'lubiyat bilan boshladik. Xatolarimiz bo'ldi, shu jumladan, o'z darvozamizga gol o'tkazishga sabab bo'lganlari ham. Bu esa jamoaning shoshilishiga olib keldi. Biz imkoniyatlar yaratdik, penalti ham bo'ldi, lekin gol ura olmadik.

Ikkinchi bo'limda biz o'yin taktikasiga o'zgartirishlar kiritdik, lekin bizga kerakli natijaga erishish uchun biroz etishmadi. Endi xatolarimizni o'rganib, ushbu o'yinni chuqur tahlil qilamiz.

— Sizningcha, darvozabon Davron Merganovning o'yini qanday bo'ldi? Uning harakatlari haqida qanday fikrdasiz?

— Hozircha u jamoamizning asosiy darvozaboni. Murabbiylar shtabi qarori bilan uni ushbu o'yinga tayyorladik. U maydonda bor kuchi bilan harakat qildi. Biz butun o'yinni yozuvdan to'liq ko'rib chiqamiz va butun jamoaning o'yinini tahlil qilamiz

— "Qizilqum" himoyada juda zich o'ynadi va hujumkor futbolchilarimizga bo'sh hudud qoldirmadi. Sizningcha, bu nima bilan bog'liq?

— Aniqki, "Qizilqum" bizni o'rganib chiqqan. Raqib bizga chiziqlar orasida bo'sh hudud qoldirmadi. O'ylashimcha, o'yinning boshida o'tkazib yuborilgan gol bizga salbiy tasir qildi. Ammo yana bir muhim lahza – bu penalti edi. Agar uni urganimizda, o'yin boshqacha kechardi va biz muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lardik. Ikkinchi bo'limda o'yinni nazorat qilishga harakat qildik, lekin bizda to'pni himoyadan hujumga olib o'tishda muammolar bo'ldi

— Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan hujumchi Abdug'afur Xaydarov o'yinga juda tez moslashdi. U aslida asosiy tarkib futbolchisi emasmi?

— Biz ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirishga qaror qildik. Shuni ham inobatga olish kerakki, Abdurahmonov kichik jarohat oldi. Xaydarov harakat qildi, lekin darhol o'yinga kira olmadi. Unga o'yinning oxirgi daqiqalarida biroz kuch etishmadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика