“Uotford”da koronavirusga chalingan 3 kishi aniqlandi
20 may 2020 09:36
Yangiliklar


“Uotford”da koronavirusga chalingan 3 kishi aniqlandi
Futbolchilar mashg'ulotlarni boshlashdan bosh tortmoqda.
“Uotford”ning bir futbolchisi va klubning ikki xodimi koronavirusga chalingani malum bo'ldi. Ularning barchasi o'zini yaxshi his qilmoqda, biroq ular 7 kunni izolyaciyada o'tkazadi. SHu boisdan “Uotford” futbolchilarining asosiy qismi bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortgan. APL davom ettirilishi bo'yicha chiqarilgan protokolga ko'ra, klublar agar futbolchi o'z sog'lig'i bilan bog'liq xavf sezsa, u holda ular maydonga qaytishga majburlanmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar