So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Umid Ahmadjonov: "Har bir futbolchining jismoniy holati va natijalarini shaxsan o'zim nazorat qilib boryapman" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Har bir futbolchining jismoniy holati va natijalarini shaxsan o'zim nazorat qilib boryapman"

Teglar :  Umid Ahmadjonov
Avval xabar berilganidek, Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Associaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Mazkur test- sinovlari tizimi O'zbekiston Futbol Associaciyasining Texnik bo'limi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Maxsus sinovlar mavsum davomida tasdiqlangan reja asosida uch marotaba o'tkazilishi va natijalari tahlil qilib borilishi ko'zda tutilgandi.

Bu chora-tadbirlar Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilish, terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlarni etkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Superliga klublari futbolchilari o'tgan mavsumdan keyin dastlabki normativlarni topshirishgan va natijalar elon qilingandi.

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishmoqda.

Test-sinovlari maxsus innovacion texnologik vositalar orqali o'tkazilayotganini ham alohida takidlab o'tish kerak. SHu paytga qadar 6ta klub normativlarni topshirdi.

O'zbekiston futbol Associaciyasining 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov normativlarni futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish muntazam ravishda amalga oshirilib, bu jarayon terma jamoalarimizning foydasiga ishlashini aytib o'tdi.

“Futbolchilarning jismoniy holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida  ulardan normativlar qabul qilish amaliyotini o'zbek futboli tarixida birinchi marta yo'lga qo'ydik. Superliga klublari o'tgan yil dastlabki normativlarni topshirishgan va natijalar ancha salbiy chiqqandi. O'shanda barcha klublardagi futbolchilarga fevral oyigacha muhlat berilib, yangi mavsum boshlanishidan avval ulardan yana bir bor normativlar qabul qilinishi elon qilingandi.

O'zbekiston futbol Associaciyasi Ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari futbolchilardan ikkinchi normativlarni qabul qilishni boshlab yuborishdi. Hozirgacha 6ta klub futbolchilari normativlar topshirishdi. Birinchi normativlar bilan ikkinchi normativlar natijalarini solishtirganda 30-40ga yaqin futbolchining natijalarida ijobiy tomonga o'zgarish bo'lmaganini ko'rish mumkin. Agar futbolchilar o'z ustilarida ishlashmasa, jismoniy holatlarini yaxshilab borishmasa, belgilangan licenziyalarni olishmaydi. Har bir futbolchining jismoniy holati va natijalarini shaxsan o'zim nazorat qilib boryapman.

Terma jamoalarimiz Xalqaro maydonlarda natija ko'rsatishini, Olimpiada va Jahon chempionatlariga yo'llanma olishini istasak, birinchi navbatda, futbolchilarimizning jismoniy holatini yaxshilashimiz zarur”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика