So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  92 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  6 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  12 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

Uchqun Qobilov: Dinamo Paxtakor-2 va NBU-Osiyoni mag'lub etishi shart Yangiliklar

Uchqun Qobilov: Dinamo Paxtakor-2 va NBU-Osiyoni mag'lub etishi shart

Dinamo jamoasi so'nggi ikki turda Urganch va Nukusga safar etib, Xorazm va Orol jamoasini mag'lub etib qaytdi.
Oldinda esa jamoani Toshkentning ikki klubi Paxtakor-2 va NBU-Osiyo jamoalariga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.

Ushbu o'yinlar atrofidagi savollar bilan Dinamo katta murabbiyi Uchqun Qobilovga murojaat etdik.

- Xorazm va Orol jamoalariga qarshi o'yinlarimiz juda og'ir o'tgan bo'lsada, eng asosiysi 6 ochkoga ega bo'ldik. Biz mavsum tayyorgarligini nisbatan kechroq boshlagan bo'lsakda, aynan ushbu bahslar jamoamiz o'yini va jismoniy holati tobora shakllanayotganligini ko'rsatdi. Ayniqsa, Orolga qarshi suniy qoplamali maydonda to'p surish, tabiiy maydonda o'ynashga o'rgangan futbolchilarimizga qiyinchilik tug'dirgan bo'lsada, g'alabaga bo'lgan ishtiyoq so'nggi soniyalarda uch ochkoga ega bo'lishimizni taminladi - deydi Uchqun Qobilov.

- Oldinda Paxtakor-2 va NBU-Osiyo jamoalariga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Tarkibda jarohat olgan futbolchilar yo'qmi?

- Har qanday holatda ham ushbu raqiblarni hurmat qilgan holda, maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. CHunki Dinamo turnir jadvalidagi holatini yaxshilash uchun kelasi ikki turda ham g'alaba qozonishi shart. Tarkibda yo'qotishlar mavjud. Azamat Bobojonov oyog'idagi jiddiy jarohatdan so'ng 10 kunlardan keyin safimizga qo'shilishi kerak. Ushbu tajribali tezkor yarimhimoyachi Dinamo o'yinini yanada kuchaytira oladi.

Eslatib o'tamiz, Birinchi Liga 7-turi doirasidagi Dinamo - Paxtakor-2 uchrashuvi 5 may, payshanba kuni soat 17:00da boshlansa, 8-turdagi Dinamo - NBU-Osiyo o'yini 8 may, yakshanba kuni o'tkaziladi.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика