U-23 Osiyo chempionati. Iroq musobaqani mag'lubiyatsiz yakunladi. “A” guruhidan pley-offga yo'l olganlar malum
14 jan 2020 20:14
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati. Iroq musobaqani mag'lubiyatsiz yakunladi. “A” guruhidan pley-offga yo'l olganlar malum
Tailand davlatida bo'lib o'tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi qita birinchiligining guruh bosqich so'nggi tur o'yinlari start oldi.
Biroz avval, “A” kvartetida parallel boshlangan uchrashuvlar o'z yakuniga etdi va ularda bir xil natijalar qayd etildi.
Avstraliya – Bahrayn 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: Nadjarin 34, Marxun 45+3
Tailand – Iroq 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: Vongkorn (pen.) 6, Qosim 49
SHu tariqa, musobaqaning keyingi bosqichiga Avstraliya peshqadam sifatida mezbon Tailand esa ikkinchi o'rin bilan yo'l oldi. Barcha uchrashuvlarda raqiblar bilan murosa yo'lini tanlagan Iroq esa Bahrayn bilan birga Osiyo chempionatini tark etdi.
Avvalroq, Yaponiya, Xitoy hamda SH.Koreya olimpiyachilari musobaqa bilan muddatidan oldin xayrlashishgandi.
Fikrlar