So’nggi yangiliklar

10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  1 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3

U-20 Osiyo kubogida porlashi kutilayotgan yulduzlar Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogida porlashi kutilayotgan yulduzlar

Teglar :  U-20 Osiyo kubogi
Besh yillik tanaffusdan so'ng O'zbekistonda o'tkaziladigan U-20 Osiyo kubogi yuqori raqobatbardosh bo'lishi kutilmoqda.

Saralash bosqichida guvohi bo'lganimiz singari Osiyoning kelajakdagi yulduzlari mazkur musobaqada ham o'z nomini qoldirishga urinib ko'radi.

OFK 16 terma jamoaning bir nafar o'yinchisini ko'rib chiqadi. Biroq 1-18 mart kunlari o'tkaziladigan turnirda bu ro'yxat o'zgarishi va kengayishi shubhasiz.

Gabriel Popovich (Avstraliya)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 3

Hozirgi klubi: "NK Rudesh", Xorvatiya ikkinchi divizioni

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U16 Osiyo chempionati-2018 final bosqichi, OCHL-2020 guruh bosqichi ("Pert Glori" safida), U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Avstraliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi tarkibda etakchilardan sanaladi, u Xorvatiya ikkinchi divizioni vakili "NK Rudesh" safida to'p tepadi. Popovich U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichida uchta gol urib, Avstraliyani "H" guruhida birinchi o'rin bilan final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishida yordam berdi. Angliyada tug'ilgan Popovich ilk bor 2020 yilgi U16 Osiyo chempionati saralash bosqichida katta sahnaga chiqdi va o'sha yilning so'ngida "Pert Glori"ning Osiyo CHempionlar Ligasidagi debyut mavsumida ishtirok etdi.


Aifeierding Aisikaer (Xitoy)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 3

Hozirgi klubi: -

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U16 Osiyo chempionati-2018 saralash bosqichi, U19 Osiyo chempionati-2020 saralash bosqichi, U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

U20 Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichida Xitoy tarkibidagi boshqa hech bir futbolchi Aisikaerdan ko'proq gol urgani yo'q. Forvard Myanmaga qarshi o'yinda ikkita to'p kiritdi, shuningdek, Maldiv orollari darvozasini ham ishg'ol qildi. Aisikaer OFKning turli yosh toifasidagi turnirlarining final bosqichida ilk bor ishtirok etadi, chunki u U16 va U19 Osiyo kubogining faqatgina saralash bosqichida ishtirok etgan.


Abdulrazzoq Qosim (Iroq)

Poziciya: yarim himoyachi

Saralash bosqichidagi gollar: 1

Hozirgi klubi: "Al SHorta", Iroq Premer-ligasi 

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U16 Osiyo chempionati-2018 saralash bosqichi, U16 Osiyo chempionati final bosqichi, U19 Osiyo chempionati-2020, U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Abdulrazzoq Qosim Iroq terma jamoasining U20 Osiyo kubogi-2023 final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishida muhim rol o'ynadi va saralash bosqichida kuchli o'yin ko'rsatdi. Jumladan, Hindistonga qarshi o'yinda gol urdi va jamoasining 4:2 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shib, Quvayt ustidan 2:0 hisobidagi g'alabali bahsdagi singari uchrashuvning eng yaxshi futbolchi sifatida taqdirlandi. Iroq termasi iqtidorli yarim himoyachining O'zbekistonda o'zining barqaror o'yinini davom ettirishiga umid qilmoqda.


Amir Ibrohimzoda (Eron)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 6

Hozirgi klubi: "Traktor", Eron Pro-ligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U16 Osiyo chempionati-2020 saralash bosqichi, Osiyo CHempionlar ligasi-2021("Traktor" safida), U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi.

COVID-19 pandemiyasi sababli 2020 yilgi final bosqichi bekor qilinishidan avval Amir Ibrohimzoda 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati-2020 saralashida Maldiv orollari darvozasiga beshta gol urgandi. Qolaversa, Ibrohimzoda "Traktor" safida 2021 yilgi Osiyo CHempionlar Ligasida Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubiga qarshi nimchorak final bahsida zaxiradan maydonga tushirildi. CAFA U19 Championship turniridagi g'alabali yurish U20 Osiyo kubogi-2023 saralashidagi ajoyib ko'rsatkichlar bilan chamcharbas bo'ldi. Ibrohimzoda Bruneyga qarshi o'yinda beshta va Birlashgan Arab Amirliklari darvozasiga bir bor gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Isa Sakamoto (Yaponiya)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 3

Hozirgi klubi: "Fagiano Okayama", J2 ligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: OCHL-2021 guruh bosqichi ("Gamba Osaka" safida), U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi.

Isa Sakamoto J2 ligasi vakili "Fagiano Okayama"ga o'tishdan avval 2021 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichida Gamba Osaka safida ilk bor porlay boshlagandi. U20 Osiyo kubogi-2023 saralashida Sakamoto oltita gol urib, Yaponiyaga guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlashida yordam berdi.


Muhannad Abu Taha (Iordaniya)

Poziciya: yarim himoyachi

Saralash bosqichidagi gollar: 5

Hozirgi klubi: "Al Vehdat", Iordaniya Pro-ligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: OCHL-2021 guruh bosqichi ("Al Vehdat" safida), U23 Osiyo kubogi-2022 saralash bosqichi, OCHL-2022 guruh bosqichi ("Al Vehdat" safida), U23 Osiyo kubogi-2022, U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi.

"Al Vehdat" jamoasining asosiy tayanch futbolchisi bo'lgan Muhannad Abu Taha Iordaniya Pro-ligasida ishtirok etadigan klubi safida mamlakat chempionati hamda 2021 va 2022 yillardagi Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichlarida ko'p bora maydonga tushdi. Himoya va yarim himoyada o'ynay oladigan serqirra futbolchi U23 Osiyo kubogi-2022 musobaqasida ham ishtirok etdi hamda U20 Osiyo Kubogi–2023 saralash bosqichida ham o'z iqtidorini namoyish etib, raqiblar darvozasiga beshta gol urdi.


Li Yon Jun (Janubiy Koreya)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 6

Hozirgi klubi: "Kimchxon Sanmu", K2 ligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Li Yon Jun U20 Osiyo kubogi-2023 saralashida oltita gol urib, o'z termasida eng yaxshi to'purar bo'ldi va ajoyib ishtiroki natijasida Koreya safida qita turniriga ilk qadamini qo'yadi. "Kimchxon Sanmu" o'yinchisi 2012 yildagi chempionlikdan so'ng ilk U20 Osiyo kubogida shohsupaga chiqish uchun yordam berishga harakat qiladi.


Mirlan Bekberdinov (Qirg'iz Respubliksi)

Poziciya: yarim himoyachi

Saralash bosqichidagi gollar: 3

Hozirgi klubi: "Ilbirs Bishkek"

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U19 Osiyo chempionati-2020 saralash bosqichi, U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Mirlan Bekberdinov 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati-2020 saralash bosqichidagi ishtirokidan so'ng nom qozondi. Yarim himoyachi nafaqat o'zining ijodkorligini, balki gol urish bo'yicha mahoratini ham ko'rsatib, o'zini mustahkam o'yinchi ekanligini isbotladi. Bekberdinovning U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichida urgan uchta goli uni bo'lajak turnir oldidan etiborga molik futbolchiga aylantirdi.


Ahad Almashayxi (Ummon)

Poziciya: yarim himoyachi

Saralash bosqichidagi gollar: 1

Hozirgi klubi: -

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Ahad Almashayxi mazkur turnirda qita miqyosida debyut qiladi. G'alabaga tashnaligini isbotlay olgan Almashayxi Ummonning 2023 yilgi musobaqaga yo'llanma qo'lga kiritish yo'lida Tailandga qarshi kechgan shiddatli bahsda yagona golga mualliflik qilgandi.


Ahmad al Ravi (Qatar)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 5

Hozirgi klubi: "Al Rayyan", Qatar Yulduzlar ligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: OCHL-2022 guruh bosqichi ("Al Rayyan" safida), U20 Osiyo kubogi saralash bosqichi

Ahmad al Ravi kabi mohir hujumchiga ega Qatar yoshlari qita musobaqasida 15-marotaba ishtirok etadi. Al Ravi saralash bosqichida yorqin o'yin namoyish etib, beshta gol urdi. Bundan tashqari, hujumchi Bangladesh va Butanga qarshi uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. SHuningdek, u 2020 yilgi Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichida “Al Rayyan” safida to'rt marta maydonga tushdi.


Abdullo Radif (Saudiya Arabistoni)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 5

Hozirgi klubi: "Al Taavun", Saudiya Pro-ligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: OCHL-2021 ("Al Hilol" safida), JCH-2022 saralash bosqichi, U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi.

O'zbekistondagi turnirda porlashi kutilayotgan yulduzlar orasida Abdullo Radif eng tajribalisi bo'lsa kerak. Futbolchi 2021 yil g'olib bo'lgan “Al Hilol” tarkibida Osiyo CHempionlar Ligasining guruh bosqichi o'yinlarida maydonga tushdi, shuningdek, JCH-2022 saralash bosqichida hamda U20 Osiyo kubogi–2023 saralashida o'z mamlakati sharafini himoya qildi va tengdoshlari o'rtasidagi bellashuvlarda beshta gol urishning uddasidan chiqdi.


Xozan Ravan Usmon (Suriya)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 4

Hozirgi klubi: "De Grafsxap", Niderlandiya ikkinchi divizioni

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Xozan Ravan Usmon Suriyaning saralash bosqichidan eson-omon o'tib olishida katta jonbozlik ko'rsatdi. Niderlandiya ikkinchi divizionida harakat qiladigan oldingi chiziq vakili mazkur qita turnirida ham jamoasining etakchi futbolchisi bo'lishi kutilmoqda.


Abdulfattoh Xudoidodzoda (Tojikiston)

Poziciya: hujumchi

Saralash bosqichidagi gollar: 2

Hozirgi klubi: -

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U16 Osiyo chempionati, U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Xudoidodzoda Tojikistonning saralash bosqini guruh g'olibi sifatida yakunlashida hissa qo'shib, ikkita gol urdi. Mazkur musobaqada ham hujumchi goleadorligini davom ettirishi mumkin.


SHahzod Rahmatullaev (O'zbekiston)

Poziciya: yarim himoyachi

Saralash bosqichidagi gollar: 3

Hozirgi klubi: "Paxtakor", O'zbekiston Superligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi turnirni o'z maydonida qabul qilish bilan birga iqtidorli o'yinchilarga ham boy sanaladi, shulardan biri - yarim himoyachi SHahzod Rahmatullaev. “Paxtakor” klubi futbolchisi U20 Osiyo kubogi–2023 saralash bosqichida uchta gol urdi va mezbonlar tarkibida maydon markazida etakchilik qobiliyatini namoyish eta oldi.


Din Xuan Tin (Vetnam)

Poziciya: yarim himoyachi

Saralash bosqichidagi gollar: 3

Hozirgi klubi: "Song Lam Nge An", Vetnam Birinchi ligasi

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U16 Osiyo chempionati-2018, U20 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi

Din Xuan Tin Osiyo kubogi-2023'da porlaydigan ko'plab istedodli Vetnam futbolchilaridan biri bo'ladi. Vetnam Birinchi ligasida to'p tepayotgan mehnatkash yarim himoyachi saralash bahslarida uchta gol urdi. SHu jumladan, Gonkongga qarshi to'qnashuvda dubl qayd etdi.


U-20 Osiyo kubogi haqida nimalarni bilishimiz lozim?


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика