So’nggi yangiliklar

15:03"Атлетико" тўрт ўйинчи билан хайрлашганини эълон қилди  0 14:34Де ла Фуэнте Мамардашвилининг Хвичани бутун Испания терма жамоасидан яхшироқ деган фикрига муносабат билдирди  1 14:06Испания – Европа чемпиони титулини ҳимоя қилган ягона терма жамоа  2 13:37Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда  3 13:03Хесус Вальехо "Реал"га қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди  7 12:37"Арсенал" собиқ ўйинчиси Силва клуб нега АПЛ чемпиони бўла олмаслигини айтди  2 12:12"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими?  1 11:44ПСЖ Испания терма жамоаси футболчисини сотиши мумкин, Энрике бунга қарши  3 11:21Николич Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги позицияни маълум қилди  9 10:58«Манчестер Юнайтед» Маттейс Де Лигт билан музокараларни бошлади  2 10:31FourFourTwo. Испания тарихидаги энг яхши ҳимоячилар рейтинги тузиб чиқилди  16 10:06Спаллетти: «Италиянинг «Евро»дан чиқиб кетиши одамлар гапираётгандек жуда ваҳимали ҳолат эмас»  15 09:50Копа Америка. Аргентина - Перу 2:0, Мартинесдан дубль, Ди Мариядан ассист  1 09:41«Арсенал» «Барселона» ҳимоячиси бўйича расмий таклиф билан чиқди  2 09:14Дания терма жамоаси устози: «Аҳмоқона қарорлардан чарчадим»  21

Tuxel ishdan bo'shatildi, navbat Kloppgami? CHempionlar Ligasining 1-turi haqida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa Yangiliklar

Tuxel ishdan bo'shatildi, navbat Kloppgami? CHempionlar Ligasining 1-turi haqida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa

UEFA CHempionlar Ligasining birinchi tur o'yinlari yakuniga etdi.

O'tgan 16 ta uchrashuvda juda ko'p qiziqarli voqealar sodir bo'ldi. Ular haqida "Championat.asia" xabar beradi.

“Dinamo” (Zagreb) – “CHelsi” – 1:0

«Aristokratlar» «Maksimir» maydoniga o'zining optimal tarkibida yo'l olgandi, ammo bu ularga yordam bermadi. 13-daqiqada Mislav Orsich “CHelsi” 80 million evro to'lagan Uesli Fofandan qochib ketdi. Londonliklar Dominik Livakovich darvozasiga katta bosim o'tkazgan bo'lsa-da, mezbonlar qahramonlik bilan g'alabani saqlab qolishdi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Tomas Tuxel "CHelsi" bosh murabbiyligidan ozod etildi.


“Borussiya” (Dortmund) – “Kopengagen” – 3:0

“Borussiya” Dortmundda “Kopengagen”ni osonlikcha taslim qildi. Uchrashuvda kutilmagan holatlar ro'y bergani yo'q. Birinchi gol Marko Roys tomonidan raqibni chiroyli tarzda kiritildi. SHundan so'ng Rafael Gerreyro hujumga qo'shildi va sherigi bilan devor uslubida o'ynab, to'pni yaqin burchakka yo'lladi. Uchrashuv tugashiga 10 daqiqa qolganida Jud Bellingem yakuniy nuqta qo'ydi. Joriy mavsumda “Borussiya” 7 ta o'yinda g'alaba qozondi.

"Zalcburg" - "Milan" - 1:1

Yana “Milan” CHempionlar ligasini omadsiz boshladi. O'tgan yili “rossoneri” guruh bosqichidagi oltita o'yinning to'rttasida mag'lubiyatga uchragandi. Bu safar “Milan” dastlabki turdayoq “Zalcburg”da qoqildi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Noa Okafor gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Tanaffusga oz vaqt qolganda Salemakers hisobni tenglashtirdi. Bu vaziyatda Rafael Leau golli uzatmani amalga oshirdi. Oxirgi vaqtlarda Leau klubda etakchilikni qo'lga olmoqda. Uchrashuv qaysidir tomonning g'alabasi bilan tugashi ham mumkin edi. Ammo yakunda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi.

"Seltik" - "Real" 0:3

"Real Madrid" Glazgodagi o'yinda barcha asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushdi. Biroq mezbonlar ancha yorqin futbol ko'rsatishdi. Uzoq vaqt davomida "Qirollik klubi" mezbonlar darvozasi oldida aytarli xavfli vaziyatni yarata olmadi. "Seltik" esa 21-daqiqada darvoza ustunini nishonga oldi. Bundan tashqari, Karim Benzema jarohat oldi (u son qismidagi muammolar tufayli ikki haftaga yaqin maydonni o'tkazib yuboradi). Ammo "Real Madrid" qiyin holatda ham qanday g'alaba qozonish kerakligini allaqchon ko'rsatib bergan. Ikkinchi bo'limda "qaymoqranglilar" javobsiz uchta gol urishdi - Vinisius, Modrich va Azar o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'ydi. Barcha gollar o'ziga xos tarzda chiroyli chiqdi.


“Leypcig” – “SHaxtyor” – 1:4

Leypciglik "buqalar" o'zlariga juda ko'p muammolarni keltirishdi. Hammasi Peter Gulachining qo'pol xatosidan boshlandi, shundan so'ng Marian SHved bo'sh darvozaga gol urdi. Ikkinchi bo'lim boshida «Leypcig» hisobni tenglashtirdi. Keyin «SHaxtyor» navbatdagi hujumidan keyin ikkinchi golni urdi. Gulachi darvozasiga uchinchi gol ham qarshi hujumdan so'ng kiritildi. SHu o'yindan keyin "Leypcig" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ishdan bo'shatildi.


"Sevilya" - "Manchester Siti" - 0:4

Mezbonlar o'tgan mavsumda o'ynagan markaziy himoyachi Kunde – Diego Karlos juftligisiz qiyin ahvolga tushib qolishdi. Eslatib o'tamiz, Kunde yozda "Barselona"ga, Diego Karlos esa "Aston Villa" bilan shartnoma imzolagandi. Ushbu o'yinda Erling Holland ikki marta andusiyaliklar darvozasini ig'ol qildi. Yana bir golga Fil Foden va Ruben Dias mualliflik qilishdi. Fodenning goli ayniqsa chiroyli chiqdi.

PSJ - "Yuventus" - 2:1

Markaziy bahs sifatida qaralgan uchrashuvning 5-daqiqadayoq Neymar va Kilian Mbappe shoh asar yaratishdi. Ular devor uslubida o'ynadi, shundan so'ng Mbappe ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. “Yuve” hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo buning o'rniga yana Kiliandan o'tkazib yubordi. “Yuventus” ikkinchi bo'lim boshida Veston Makkeni tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni qisqartirdi. 


"Benfika" - "Makkabi" (Hayfa) - 2:0

Isroil klublari CHempionlar Ligasi guruh bosqichiga kamdan-kam hollarda yo'l oladi. Demak, Hayfaning “Makkabi”si 13 yil davomida Evropaning asosiy klub turnirida ishtirok etmadi. Uzoq tanaffusdan keyingi birinchi o'yin omadsiz chiqdi. "Benfika" mezbon sifatida ko'plab vaziyatlar yaratdi va hech qanday muammosiz o'z ustunligini golga aylantirdi. Ishonchli g'alaba -2:0. "Benfika"ning ikkinchi goli Alexandro Grimaldo tomonidan kiritildi. U chamasi 30 metrlardan chap oyoqda zarba yo'lladi va darvozasining "to'qqizlik"ni nishonga oldi. Qanday go'zallik! 


“Ayaks” – “Reynjers” – 4:0

"Ayaks" Erik ten Xag, Antoni va Lisandro Martinesni yo'qotganini ushbu bahsda sezdirmadi. Amsterdamliklar o'z maydonida "Reynjers"ni mag'lub etishdi va raqibga imkoniyat qoldirmadi. "Ayaks" juda ko'p vaziyatlar yaratdi, shotlandlar esa deyarli mezbonlar darvozasiga yaqinlasha olishmadi. “Reynjers” uchrashuvda baribir bitta gol urdi, biroq ofsayd tufayli bekor qilindi. Yoxan Kroyff o'yingohida CHempionlar ligasi doirasida hech kimga oson bo'lmaydi, hatto gigantlarga ham.

"Napoli" - "Liverpul” – 4:1

“Liverpul” uchun mavsum omadsiz keldi.  Mersisaydliklarning muvaffaqiyacizliklari ketma-ketligi endi evrokuboklarda kuzatildi. To'rtinchi daqiqadayoq Alisson darvozasiga penalti belgilandi. Bundan Petr Zelinskiy golga aylantirdi. 12-daqiqadan so'ng hakam yana nuqtani ko'rsatdi, biroq Alisson Osimhenning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ladi. Uchrashuv davomida “Liverpul” futbolchilari ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi, "Napoli"ning hujumkor o'yinchilari uchun himoyada haddan tashqari erkinlik yuzaga keldi. Bularning barchasi mezbonlarning tanaffusga chiqib, 3:0 hisobida oldinda borishiga olib keldi. Etibor bering, neapolliklarning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaracxeliya golli uzatmani amalga oshirdi. Gol Diego Simeonening o'g'li Jovanni Simeone hisobiga yozildi. U esa golni nishonlagan holda ko'z yoshlarini tiya olmadi. Bu uning uchun CHempionlar ligasidagi ilk golga aylandi.

Ikkinchi bo'limda Zelinskiy dubl qayd etdi. «Liverpul» Luis Diasning say-harakatlari evaziga faqat bir marta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yakuniy hisob - 4:1, “Napoli” foydasiga. Yurgen Klopp “qizillar”dagi faoliyatini yakunlash arafasida: uning qo'l ostida jamoa joriy mavsumda sakkizta o'yindan atigi uchtasida g'alaba qozondi.


"Atletiko" - "Portu" - 2:1

Parallel o'yinda Diego Simeone o'g'lining muvaffaqiyatini qo'llab-quvvatladi. "Atletiko" va "Portu" uzoq vaqt hisobni ocha olmadi. O'yin yakunida esa ular bahsni dahshatli tarzda yakunlab berishdi. Hakam ko'p to'xtalishlardan kelib chiqib, uchrashuvga naq to'qqiz daqiqa qo'shib berdi. 91-daqiqada Ermoso gol urdi, 94-daqiqada “Atletiko” darvozasiga penalti belgilandi va uni Uribe golga aylantirdi. 101-daqiqada esa Antuan Grizmann mezbonlarga g'alaba keltirdi. U golni nishonlab, "Atletiko" gerbini o'pdi. Franciyalik futbolchining Madridda qolish imkoniyati ancha oshdi.


“Bryugge” – “Bayer” – 1:0

Leverkuzenning “Bayer” klubi joriy mavsumda katta muammolarni boshdan kechirmoqda. Aytaylik, jamoa Bundesliganing beshta o'yinida faqat bitta g'alaba qozongan bo'lsa, endi CHempionlar ligasida ham mag'lub bo'ldi. Boz ustiga, uchrashuvdagi yagona gol ancha qiziqarli tarzda kiritildi: Lukash Gradecki, Silla tomonidan bosh berilgan zarbani ushlab oldi, lekin u to'p bilan birgalikda darvoza ichiga kirib ketdi. Darvoqe, “Bayer” hisobni tenglashtirdi, biroq to'p qo'lga tekkani sababli gol bekor qilindi.

"Inter" - "Bavariya" 0:2

Yangilangan “Bavariya” CHempionlar ligasidagi sayohatini muvaffaqiyatli boshladi. Birinchi uchrashuvda myunxenliklar safarda “Inter”ni mag'lub etdi. "Bavariya"ning ustunligi ko'zga tashlandi. Aytalik zarbalar bo'yicha 21:11, aniq zarbalar ko'rsatkichi - 11:2! Andre Onana “Inter”ni qutqarish uchun bor kuchini sarfladi, biroq uning harakatlari etarli bo'lmadi. Birinchi golni Leroy Sane kiritdi, tanaffusdan so'ng  D'Ambrozio  to'pni o'z darvozasiga yo'lladi. Oxirgi marta "Inter" "Bavariya"ni 2011 yilda mag'lub etgandi.


"Barselona" - " Viktoriya Plzen" - 5:1

“Viktoriya” CHempionlar ligasidagi taqdirini guruh bosqichidagi birinchi o'yindan oldin ham malum edi. CHunki ushbu guruhda "Barselona", "Inter" va "Bavariya" bor. Kataloniyaliklar chexiyaliklar darvozasiga beshta gol urishdi – Kesse, Torres, Levandovski esa xet-trik qayd etdi. Polyak yangi jamoaga yaxshi moslashdi. Mehmonlar Yan Sikoraning yagona goli bilan javob qaytarishdi. "Barsa"ning endilikda kuchliroq raqiblarga qarshi qanday o'yin ko'rsatishi qiziq.


"Ayntraxt" - "Sporting"-  0:3

O'tgan yilgi Evropa ligasi g'olibi o'yinni yomon boshladi. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga qadar jamoalar tengma-teng o'yin ko'rsatishdi, ammo barchasini “Sporting”ning birinchi goli hal qildi. SHundan so'ng “Ayntraxt” oldinga oshiqdi va yana ikkita gol o'tkazib yuborishdi. Gollardan birini “Barsa”ga tegishli Francisko Trinkan kiritdi.


"Tottenxem" - "Marsel" - 2:0

Yangilangan "Tottenxem" ushbu bellashuvda ancha kuchli ko'rinadi. Bu, birinchi navbatda, Keyn - Son - Richarlisonning hujumkor uchligiga tegishli. Braziliyalik futbolchi "Marsel"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. Francuzlar ikkinchi bo'limdan boshlab maydonda bir kishi kam bo'lib harakat qilishdi. Birinchi holatda Richarlisonga Ivan Perishich, ikkinchisida Per-Emil Xeyberg yordam berdi. Braziliyalik futbolchi ikkala golni ham boshi bilan kiritgani tahsinga loyiq.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика