Tuxel "CHelsi"ning g'alabasi haqida: "Mukammal o'yinlar bo'lmaydi. Doim nimalarnidir yaxshilash kerakligi bilinib turadi"
14 avg 2021 22:47
Yangiliklar
Tuxel "CHelsi"ning g'alabasi haqida: "Mukammal o'yinlar bo'lmaydi. Doim nimalarnidir yaxshilash kerakligi bilinib turadi"
Tomas Tuxel "CHelsi" ning "Kristal Pelas" (3:0) ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.
"Mukammal o'yinlar bo'lmaydi. Doim nimalarnidir yaxshilash kerakligi bilinib turadi. Biz uchun bu mavsumdagi ikkinchi rasmiy o'yin edi. Orada uzoq parvoz bo'ldi. Havo ham issiq. Ushbu o'yin biz uchun boshidan oxiriga qadar ajoyib o'tdi. Jamoamni tabriklayman. Ular kuchli charchoqqa qaramasdan yaxshi o'yin ko'rsatishdi. "CHelsi"da standartlar juda yuqori. Jamoa anchagina kuchayishga ulgurdi", -deydi Tomas Tuxel.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" chorshanba kuni UEFA Superkubogida 120 daqiqa o'ynab, "Vilyarreal"ni penaltilar seriyasida mag'lub qilgandi.
Fikrlar