Tuxel "Chelsi"ning g'alabasi haqida: "Mukammal o'yinlar bo'lmaydi. Doim nimalarnidir yaxshilash kerakligi bilinib turadi"

Aslanov Jasurbek
14 avg 2021, 22:47
Tomas Tuxel "Chelsi" ning "Kristal Pelas" (3:0) ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

"Mukammal o'yinlar bo'lmaydi. Doim nimalarnidir yaxshilash kerakligi bilinib turadi. Biz uchun bu mavsumdagi ikkinchi rasmiy o'yin edi. Orada uzoq parvoz bo'ldi. Havo ham issiq. Ushbu o'yin biz uchun boshidan oxiriga qadar ajoyib o'tdi. Jamoamni tabriklayman. Ular kuchli charchoqqa qaramasdan yaxshi o'yin ko'rsatishdi. "Chelsi"da standartlar juda yuqori. Jamoa anchagina kuchayishga ulgurdi", -deydi Tomas Tuxel.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" chorshanba kuni UEFA Superkubogida 120 daqiqa o'ynab, "Vilyarreal"ni penaltilar seriyasida mag'lub qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC