

Moldovalik mutaxassis "Al-Ittihod" individual va jamoaviy harakatlar orqali echim topa oladigan kuchli jamoa ekanini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, "Paxtakor" raqibga bo'sh hududlar qoldirmaslikka harakat qiladi.
Karas jamoa tarkibida jarohat olgan va uchrashuvda ishtirok eta olmaydigan futbolchilar borligiga qaramay, ijobiy natija qayd etishga intilishini bildirdi.
Shuningdek, murabbiy Saudiya Arabistoni klublarining saviyasi yuqori ekanini ta'kidlab, "Al-Ittihod" kabi hujumkor futbol namoyish etadigan jamoaga qarshi o'ynash yoqimli ekanini qayd etdi.
Har ikki jamoaning turnir jadvalida quyi o'rinlarni egallab turgani va ochkolarga ehtiyoji yuqori ekani mazkur uchrashuvning ahamiyatini yanada oshirmoqda.
"Al-Ittihod" – "Paxtakor" uchrashuvi 23 noyabr kuni Jidda shahridagi "Al-Inmo" stadionida bo'lib o'tadi.



