Trent APLning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi
14 avg 2020 15:13
Yangiliklar


Trent APLning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold APLning 2019/20 yilgi mavsumidagi eng yaxshi yosh o'yinchi deb topildi.
Mukofot 23 yoshdan kichik bo'lgan futbolchilarga beriladi. Trent liga assistentlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni egalladi (birinchi o'rinda - Kevin de Bryuyne). Bundan tashqari "Liverpul" yakunlangan mavsumda 12ta quruq o'yin o'tkazdi.
21 yoshli angliyalik futbolchi ovoz berishda Jek Grilish ("Aston Villa"), Meyson Grinvud, Antoni Marsyal va Markus Reshford (barchasi - MYU), Din Xenderson ("SHeffild Yunayted"), Meyson Maunt va Kristian Pulishich ("CHelsi")dan ustun keldi.
Eng yaxshi yosh o'yinchini aniqlashda muxlislar, 20ta klub sardorlari va futbol ekspertlari ishtirok etishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar