"Tottenxem" Keynni sotishga majbur bo'lishi mumkin
12 apr 2020 12:54
Yangiliklar


"Tottenxem" Keynni sotishga majbur bo'lishi mumkin
"Tottenxem" rahbariyati hujumchi Xarri Keynni sotib olishga majbur bo'lishi mumkin.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, bunga asosiy sabab sifatida klub yangi stadionni qurish uchun olgan kreditlari bo'lishi mumkin. Ayni damda klubning stadion qurish uchun olgan qarzlari 660 mln evroni tashkil qilmoqda.
Koronavirus sababli klubning teleshartnomalari ham havf ostida qolgan. Agarda chempionat qayta boshlanmasa, klub yana katta miqdorda zarar qiladi.
SHu boisdan klub Xarri Keynni shartnomada ko'rsatilganidek 227 mln evroga sotib yubormoqchi. Agarda unga qiziqish bildirayotgan "Manchester Yunayted" ushbu summa evaziga hujumchini xarid qilsa, Neymarning rekordidan o'zib ketadi va futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.
2017 yili PSJ Neymarni "Barselona"dan 222 mln evro evaziga xarid qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar