So’nggi yangiliklar

16:53УEФА миллий терма жамоаларнинг Евро-2024 учун қайдномаларини кенгайтиради  0 16:25"Тоттенхэм" ҳимоячиси Европа чемпионатини ўтказиб юборади  0 16:21Ривожланиш Кубоги. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Тожикистонга қарши таркиби маълум  3 15:59Манба: "Бавария" ва "Барса" қизиқиш билдирган Унаи Эмери "Астон Вилла" билан ҳамкорликни давом эттиради  3 15:31"Барселона" ярим ҳимоячиси мавсум охиригача сафдан чиқди  2 15:05Ироқ ОТЖ бош мураббийи: "Чорак финалда осон рақиб бўлмайди, бироқ энг муҳими, бор кучимизни ишга солиш"  4 14:59МЮ ва "Челси" собиқ футболчилари АПЛ Шон-шараф залига киритилди  1 14:30Ўзбекистон U-23 термасининг Вьетнамга қарши тахминий таркиби билан танишинг  11 14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам, Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  25 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  2 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0 13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  4 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  10 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  13 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  8

Toshkentda yutib ketgan murabbiylar (2009-2019 yillar) Yangiliklar

Toshkentda yutib ketgan murabbiylar (2009-2019 yillar)

O'tgan 10 yil ichida O'zbekiston milliy terma jamoasi bir nechta rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Toshkentda bo'lib o'tgan jahon chempionati va Osiyo Kubogiga saralash bahslari shular jumlasidan. Lekin hamma o'yinlar ham biz uchun omadli yakunlangan deb bo'lmaydi. Bazi bahslarda alamli tarzda mag'lub bo'lganmiz va bunday o'yinlarni unutish oson emas. 

Xabaringiz bor, karantin paytida saytimiz tarixiy uchrashuvlarga alohida etibor qaratib kelmoqda. Zero bu ham muxlislar uchun qiziqarli ko'rinishi, o'sha damlarni yodga olish uchun sabab bo'lishi shubhasiz. 

Yutuqlar o'z yo'liga, lekin payti kelganda mag'lubiyatlarni ham eslab o'tmoq joiz. Zero bu yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni yanada chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. SHundan kelib chiqib o'tgan 2009-2019 yillar oralig'ida Toshkentda bizni yutib ketgan murabbiylar haqida to'xtalamiz.

Bu boradagi statistika bilan tanishar ekanmiz, o'tgan 10 yil ichida terma jamoamiz Toshkentda faqat 7 bor mag'lub bo'lgani hamda bizni yutib ketgan murabbiylardan faqat bir nafari osiyolik, qolganlar esa xorijdan ekani diqqatimizni tortdi. Quyida shu murabbiylar haqida to'xtalib o'tamiz.


Milan Machala 

O'tgan o'n yil ichida bizni Toshkentda mag'lub etishning uddasidan chiqqan dastlabki murabbiy chexiyalik Milan Machala bo'ldi. Ushbu mutaxassis 2009 yilning 11 fevralida Bahrayn terma jamoasi ustozi sifatida g'alaba qozonishning uddasidan chiqqandi. JCH-2010 saralash bosqichidan o'rin olgan mazkur bahsda bahraynliklar 1:0 hisobida zafar quchib, o'yindagi yagona gol 90+4-daqiqada Mahmud Abdulrahmon tomonidan kiritilgandi. Esingizda bo'lsa, o'shanda raqib futbolchisi jarima to'pini ajoyib tarzda amalga oshirgan. Bu biz uchun juda alamli mag'lubiyat bo'lgandi. 

11.02.2009. JCH-2010 saralash bosqichi 

O'zbekiston - Bahrayn 0:1

Gol: Mahmud Abdulrahmon (90+4). 

Bahrayn bosh murabbiyi: Milan Machala (CHexiya)


Takeshi Okada

O'zbekiston terma jamoasi 2009 yil yana bir alamli mag'lubiyatni boshdan kechirgan. 6 iyun kuni bo'lib o'tgan Yaponiyaga qarshi bahsda ham 0:1 hisobida imkoniyatni boy berganmiz. Bu ham jahon chempionati saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuv bo'lib, Takeshi Okada bizni Toshkentda yutib ketgandi. Bu bahsda SHinji Okazaki yagona gol muallifi bo'lgan. Aytib o'tganimizdek, oxirgi o'n yil ichida Toshkentda g'alaba qozonishning uddasidan chiqqan yagona osiyolik murabbiy bu Takeshi Okada bo'lib turibdi.

06.06.2009. JCH-2010 saralash bosqichi

O'zbekiston - Yaponiya 0:1

Gol: SHinji Okazaki (9). 

Yaponiya bosh murabbiyi: Takeshi Okada (Yaponiya)


Srechko Katanec

2010 yilning mart oyida Toshkentda O'zbekiston va BAA terma jamoalari o'rtasida o'yin o'tkazilgan. Bu Osiyo Kubogi-2011 saralash bosqichidan o'rin olgan bahs bo'lib, bunda ham kichik hisobda yutqazib qo'yganmiz. O'shanda Sulton Al Menholi tomonidan 90+3-daqiqada kiritilgan gol Amirlik jamoasiga g'alaba keltirgan, shu tariqa ularning murabbiyi Srechko Katanec bizni o'z maydonimizda mag'lub etib ketgandi. 

03.03.2010. Osiyo Kubogi-2011 saralash bosqichi

O'zbekiston - BAA 0:1

Gol: Sulton Al Menholi (90+3) 

BAA bosh murabbiyi: Srechko Katanec (Sloveniya)


Karlush Keyrush 

Karlush Keyrush o'tgan o'n yil ichida Toshkentda ikki bor yutib ketishning uddasidan chiqdi. Va har ikkisida portugaliyalik murabbiy Eron terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida bu ishni uddaladi. Keyrushning birinchi g'alabasi 2012 yilning 3 iyun kuni "Jar" stadionida qo'lga kiritilgandi. JCH-2014 saralash bahsida Muhammad Xalatbarining 90+3-daqiqada urgan goli eronliklarga g'alaba taqdim etgan o'yinda yaponiyalik hakam Odil Ahmedovning toza golini hisobga olmagandi. Bu ham juda alamli mag'lubiyat bo'lgan. 

03.06.2012. JCH-2014 saralash bosqichi

O'zbekiston - Eron 0:1

Gol: Muhammad Xalatbari (90+3)

Eron bosh murabbiyi: Karlush Keyrush (Portugaliya)


Xossam Hassan 

2013 yil "Paxtakor" stadionida kechgan O'zbekiston - Iordaniya uchrashuvi ham yodingizda bo'lsa kerak. Bu haqda kecha alohida katta maqola chop etildi. O'shanda jahon chempionatiga chiqishga hozirlik ko'rayotgan terma jamoamiz guruhda uchinchi o'rinni olib, Iordaniyaga qarshi pley-off bahslarini o'tkazgandi. Safarda 1:1 natijasi qayd etilgan, Toshkentdagi javob bahsi ham shu hisobda tugagan. Keyin navbat penaltilar seriyasiga keladi va bunda omad bizdan yuz o'giradi. O'shanda bizni mag'lub ettgan iordaniyaliklar ustozi misrlik Xossam Hassan edi. 

10.09.2013. JCH-2014 saralash bosqichi

O'zbekiston - Iordaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 8:9)

Gollar: Anzur Ismoilov (5) - Sayid Murjan (43) 

Iordaniya bosh murabbiyi: Xossam Hassan (Misr)


Yana Karlush Keyrush 

2016 yil Keyrush Toshkentda ikkinchi bor g'alaba qozonishni uddaladi. Yana jahon chempionati saralash o'yinida biz bilan bir guruhga tushgan Eron Jalol Hosseynining goli evaziga uch ochko bilan qaytib ketgandi. SHunday qilib portugaliyalik murabbiy yana o'z maqsadiga erishgan. Bu o'yin "Bunyodkor" stadionida kechganini juda yaxshi bilasiz. 

06.10.2016. JCH-2018 saralash bosqichi

O'zbekiston - Eron 0:1 

Gol: Jalol Hosseyni (27). 

Eron bosh murabbiyi: Karlush Keyrush (Portugaliya)


Erve Renar

Toshkentda bizni mag'lub etishning uddasidan chiqqan oxirgi murabbiy - Erve Renar. O'tgan yil Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi sifatida Toshkentga tashrif buyurgan franciyalik mutaxassis o'yin paytida taktik puxta yurishi sabab g'alaba qozonishni uddalay oldi. Biz bu bahsda hatto 2:1 hisobida oldinga chiqib qolgandik, lekin yakunda alamli mag'lubiyatga uchradik. Erve Renar esa shunday qilib oxirgi o'n yilda Toshkentdan uch ochko bilan qaytishni uddalagan oltinchi murabbiy bo'ldi.

14.11.2019. JCH-2022 saralash bosqichi

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:3 

Gollar: SHomurodov (16), SHukurov (56) - Al Faraj (23, 85), Al Dovsari (89)

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: Erve Renar (Franciya)


Xulosa o'rnida

Terma jamoamiz Toshkentda mag'lub bo'lgan bahslarni yodga olsak, har birida raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatgani yodga tushadi. Biz hech bir o'yinni osonlikcha boy bergan emasmiz. Faqat omad kelmagan xolos.

Bundan tashqari asosan bitta to'p farqi bilan yutqazganmiz va yanayam alamlisi mana shu 7ta mag'lubiyatdan to'rttasi oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol tufayli ro'y bergan. Demak, bu jamoa o'yinida to hakam hushtagi chalinmaguncha kurashish borasida muammolar borligini ko'rsatadi.

Yana bir jihatga etibor bering, bizni Toshkentda engishning uddasidan chiqqan olti murabbiydan beshtasi xorijlik. Faqat bittasi Osiyodan. Demak, boshqa jamoalar xorijdan murabbiy olib kelish borasida ancha puxta ish olib borishadi. Ko'r-ko'rona kim uchrasa etaklab kelmaydilar. Bu tomonlama ham chuqur mushohada yuritgan maqul.


Fotosuratlar muallifi: Hasan Pirmuhamedov. 

Qadrli muxlis! Mana shu ettita mag'lubiyat orasida Siz uchun eng alamlisi qaysi? Quyida o'z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика