Torres "CHelsi"ga qarshi o'yinga tayyor
11 avg 2021 09:44
Yangiliklar
Torres "CHelsi"ga qarshi o'yinga tayyor
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri himoyachi Pau Torresning UEFA Superkubogida "CHelsi"ga qarshi o'yinga tayyorligini aytdi.
O'yinchi 2020/21 yilgi mavsum klub miqyosidagi mavsumdan so'ng Evro-2020da, keyinchalik esa Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdi.
"Pau Torres Evro-2020 va Olimpiadadan qaytdi, ammo u ertangi o'yinga tayyor, hammasi yaxshi. Biz La Liga, prezident, muxlislar va butun ispan futboli vakili bo'lishdan g'ururlanamiz", - deydi Emeri.
"CHelsi" - "Vilyarreal" o'yini bugun, Belfastda bo'lib o'tdi. Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" o'tgan mavsum La Ligada 7-o'rinni qo'lga kiritdi.
Fikrlar