So’nggi yangiliklar

10:55Марк-Андре тер Стеген фаолиятини АПЛнинг ТОП клубида давом эттириши мумкин  0 10:26Яна бир Нидерландия терма жамоасининг собиқ футболчиси 13 йилга қамалиши мумкин  0 09:57“Челси“ Германия терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузиши мумкин  1 09:28“Манчестер Сити“ ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 09:00Женнаро Гаттузо Италия термаси билан шартнома тузади. Унинг ёрдамчилари ким бўлиши маълум  7 08:32МЮ Антонига нарх белгилади  7 08:05Суперлига. Жўрабеков жарима зарбасидан гол уриб, "Бухоро"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  1 08:03Белгиялик мураббий ЦСКАни бошқариши мумкин  0 07:35Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 01:18Лионель Скалони: "Ҳозир Мессисиз ҳам Месси бордек ўйнай оламиз"  5 00:50Нико Уильямс "Барселона"га ўтиш учун маошининг камайишига ҳам рози  5 00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  1 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  15 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  1

JCHga bir necha kun qoldi! Musobaqa haqida eng muhimi: ishtirokchilar, taqvim va pullar Yangiliklar

JCHga bir necha kun qoldi! Musobaqa haqida eng muhimi: ishtirokchilar, taqvim va pullar

Klublar o'rtasidagi JCH tarixdagi eng yaxshilaridan bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Ochilish o'yinida "Inter Mayami" (tarkibida Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets, Xordi Alba) Misrning "Al Ahli" jamoasi bilan to'qnashadi. 

Musobaqa haqida batafsil gaplashamiz va qiziqarli faktlarni sizlar bilan o'rtoqlashamiz.  


Musobaqa formati va o'tish joyi 

2025 yilda yangi formatga o'tish tufayli musobaqa ishtirokchilari soni sezilarli darajada oshadi. Endilikda klublar o'rtasidagi jahon chempionatida 32 jamoa ishtirok etadi. 

Turnirning ilk uchrashuvi 15 iyun sanasida bo'lib o'tadi. Musobaqa o'tkazish tizimi yaqin-yaqingacha terma jamoalar ishtirokidagi jahon chempionatida bo'lganidek. 32 jamoa 8 guruhga ajratiladi. Pley-offga har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa yo'l oladi. Guruhda har bir klub barcha raqiblari bilan bir martadan ro'baro' keladi.

Ochkolar teng kelib qolsa, o'zaro o'yin natijasiga qaraladi, undan keyin esa — umumiy to'plar farqi, unda ham ish bitmasa, urilgan gollar soni. Bu borada oxirgi ko'rsatkich esa feyr-pleydagi ochkolar soni hisoblanadi. Sariq kartochka — bir ochko, ikkinchi sariq orqali qizil — uch ochko, to'g'ridan-to'g'ri olingan qizil — to'rt ochko. Tabiiyki, jamoa feyr-pley reytingi uchun imkon qadar kamroq ochko to'plashi zarur.

Guruh bosqichi 27 iyun sanasida yakuniga etadi. 1/8 final uchrashuvlari 28da start olib, 2 iyulgacha bo'lib o'tadi. Chorak final bahslari 4 va 5 iyulda, yarim finallar esa — 8 va 9 iyulga belgilangan. Final 13 iyul kuni bo'ladi. Uchinchi o'rin uchun o'yin yo'q.


Ishtirok etadigan klublar haqida

Taxmin qilganingizdek, eng ko'p jamoa Evropa qitasidan — 12 klub. UEFA Chempionlar Ligasining 2020/2021-yilgi mavsumdan 2023/2024-yilgi mavsumgacha bo'lgan to'rt g'olibi avtomatik ravishda yo'llanmaga ega chiqdi. Ammo... Bu vaqt oralig'ida "Real" ikki bor musobaqada zafar quchgani tufayli, JCHga 3ta klub avtomatik ravishda yo'l oldi. Qolganlarni esa UEFA koefficientlar reytingiga asosan saralab olindi. Muhim nyuans — bitta mamlakatdan maksimum 2 ta klub. Agarda bir mamlakatning 3 yoki 4 klubi Chempionlar Ligasini yutgan bo'lmasa.

"Chelsi" (Angliya) — ECHL 2020/2021-yilgi mavsum g'olibi

"Real" Madrid (Ispaniya) — ECHL 2023/2024-yilgi mavsum g'olibi

"Manchester Siti" (Angliya) — ECHL 2022/2023-yilgi mavsum g'olibi

Reyting bo'yicha:
"Bavariya" (Germaniya), PSJ (Franciya), "Inter" (Italiya), "Portu" (Portugaliya), "Benfika" (Portugaliya), "Borussiya Dortmund" (Germaniya), "Yuventus" (Italiya), "Atletiko" (Ispaniya), "Red Bull Zalcburg" (Avstriya).

KONMEBOLdan olti jamoa ishtirok etadi — qitaning to'rtta chempioni va reyting bo'yicha yana ikki eng yaxshi klub.

"Palmeyras" (Braziliya) — Kubok Libertadores-2021 g'olibi

"Flamengo" (Braziliya) — Kubok Libertadores-2022 g'olibi

"Fluminense" (Braziliya) — Kubok Libertadores-2023 g'olibi

"Botafogo" (Braziliya) — Kubok Libertadores-2024 g'olibi

Reyting bo'yicha: 

"River Pleyt" (Argentina), "Boka Xuniors" (Argentina).


KONKAKAFdan beshta klub. Muhim jihat — Meksikaning "Leon" jamoasi Chempionlar Ligasida g'olib bo'ldi, lekin JCHda qatnashmaydi. Sababi "Leon" va "Pachuka"ning rahbari bitta inson. Shu sabab, CHL finalida mag'lub bo'lgan "Los-Anjeles" va Meksikaning "Amerika" jamoasi (KONKAKAF reytingida birinchi o'rin sohibi) o'rtasida o'tish o'yini tashkil etildi. "Los-Anjeles" 2:1 hisobida g'olib bo'ldi.

"Monterrey" (Meksika) — KONKAKAF Chempionlar Ligasi-2021 g'olibi

"Sietl Saunders" (AQSH) — KONKAKAF Chempionlar Ligasi-2022 g'olibi

"Pachuka" (Meksika) — KONKAKAF Chempionlar Ligasi-2024 g'olibi

"Los-Anjeles" (AQSH) — o'tish o'yini g'olibi

"Inter Mayami" (AQSH) — MLS 2024-yilgi muntazam chempionati g'olibi (AQSH mezbon sifatida yana bir o'ringa ega bo'ldi).

Afrikadan to'rt vakil musobaqada qatnashadi. Ulardan ikkitasi — qita chempioni.

"Al Axli" (Misr) — Chempionlar Ligasi-2020/2021, 2022/2023 va 2023/2024-yilgi mavsumlar g'olibi.

"Vidad" (Marokash) — Chempionlar Ligasi-2021/2022 g'olibi

Reyting bo'yicha: "Esperans" (Tunis), "Mamelodi Sandaunz" (JAR),

Osiyodan to'rt klub.

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) — OFK Chempionlar Ligasi-2021 g'olibi

"Urava Red Daymonds" (Yaponiya) — OFK Chempionlar Ligasi-2022 g'olibi

"Al Ayn" (BAA) — OFK Chempionlar Ligasi-2023/24 g'olibi

Reyting bo'yicha: "Ulsan Xyonde" (Janubiy Koreya).

Musobaqadagi kurash va muxlislar bilan aloqa 

Musobaqa bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. Tabiiyki guruh bosqichi bilan boshlab, final bahsi bilan yakunlaymiz. Ishtirokchilar sonining ortishi kutilmagan natijalar ko'payishiga olib keladi va musobaqaning har bir bosqichida syurprizlar guvohi bo'lishimiz hech gap emas. Katta stadionlarda ko'proq o'yin o'tkazish imkoniyati jamoalar uchun yaxshi bo'lishi bilan birgalikda, tomoshabop o'yin tufayli muxlislar uchun ham yaxshi yangilik bo'ladi.


Klublar o'rtasidagi JCH shaharlari va stadionlari

AQSHning 11 shtatidagi 12 stadion. Orlandoning bir yo'la ikki arenasi musobaqa o'yinlarini qabul qiladi. Muhim jihat — har bir stadion o'z nomiga egalik huquqini saqlab qoladi. Yodingizda bo'lsa, FIFAning boshqa musobaqalarida arenalarning tijoriy nomlarini ishlatish taqiqlanadi. Turnirning ilk o'yini Mayamidagi "Xard Rok Stedium"da bo'lsa, final — Ist-Raterforddagi (Nyu-York aglomeraciyasi) "Metlayf" arenasida bo'ladi. Eng katta stadion — "Rouz Boul" (Los-Andjeles yaqinidagi) Pasadenda jjoylashgan. U o'z bag'riga 88 500 tomoshabinni sig'dira oladi. Eng kichik stadion — Vashingtondagi "Audi Fild" (20 ming muxlisga mo'ljallangan). 5 ta stadion bir yil o'tib JCH-2026 uchrashuvlarini qabul qiladi. Bu Ist-Raterford, Atlanta, Filadelfiya, Sietl va Mayamidagi arenalar.

Afsona va yulduzlar

Har bir xalqaro, yirik musobaqa tomoshabinlar etiborini ishtirokchilar, yulduzlar orqali o'ziga qaratadi. U yoki bu jamoaning, futbolchining muxlislari istaysizmi-yo'qmi, yangi turnirni ham qiziqish bilan kuzatib boradi. 2025 yil tashkillashtirilishi reja qilingan mazkur musobaqada Lionel Messi, Kilian Mbappe, Erling Xoland va boshqa top klublardan qator futbolchilarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Krishtianu Ronalduning o'zi ham mazkur musobaqada o'ynashni istayotgani va shu sababli boshqa jamoaga o'tish xaqida o'ylagani, keyinroq esa "Al Nassr" KriRo bilan shartnomani uzaytirib, turnir vaqtida "Al Hilol"ga ijaraga berib turishi mumkinligi haqida gaplar tarqalgani shunchaki emas. Aslida bu ham musobaqaga bo'lgan etibordan darak. Shunday ekan qiziq bo'lishi deyarli aniq.

Klublar qancha pul ishlab topadi?

Klublar o'rtasidagi JCH umumiy fondi $ 1 mlrd tashkil qiladi. G'olib jamoaga undan $ 125 mln nasib qiladi. Guruh bosqichidagi har bir g'alabaga klub $ 2 mln, durang uchun — $ 1 mln mukofot puliga ega bo'ladi. 1/8 finalga chiqqan jamoa $ 7,5 mln, chorak final ishtirokchisi — $ 13,125 mln, yarim finalchilar — $ 21 mln, finalgacha etib borgan jamoa — esa $ 30 mln mablag'ga ega bo'ladi. Final g'olibi yana $ 40 mln ishlab oladi.

Evropaning har bir klubi kafolatlangan $ 12,81 mln - $ 38,19 mln ishlab oladi. Summaning o'zgarishi esa sport va tijorat mezonlariga qarab o'zgaradi. Janubiy Amerikaning xar bir klubi kamida $ 15,21 mln, Shimoliy va Markaziy Amerika vakillari — esa $ 9,55 mlndan, Afrika klubi — $ 9,55 mln, Okeaniya "elchisiga" — $ 3,58 mln nasib qiladi.

2025 yil musobaqaga etibor yanada kuchliroq bo'ladi. Sababi bu safar nafaqat ishtirokchilar soni ortdi, balki mukofot pullari miqdori ham sezilarli darajada o'sgan. O'yin sifati va tomoshabinlar talabi o'sishi tufayli klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2025 yilda butun dunyo bo'ylab chinakamiga sport bayramiga aylanishi kutilmoqda.

Bir narsa aniqki, KJCH-2025 bizga bir dunyo hissiyotlar, unutilmas o'yinlar va kutilmagan voqealarni tortiq qiladi. Yildan-yilga ushbu turnir shunchaki bir kubok uchun kurash emas, balki chinakamiga jahon chempionatiga aylanib bormoqda.


TerminaTor


Reyting: +7   

Fikrlar

+2   
13 iyu 13:38:43
Алёш ака
МТРК курсатадими?
+2   
13 iyu 13:02:21
Neuling
БЕК@ foydalanuvchining fikriga javob berish
Рейтингда Барселона, Арсенал, милан жамоалари Ред буллдан пастдами?
Pastda emas. FIFA Yevropaga 12 ta yo‘llanma bergan. Bu klublar oxirgi 4 yillik natija asosida reytingda joylashgan. Lekin FIFA talab qiladigan yana bir qoida bor, ya‘ni har bir davlatdan maksimal 2 ta klub ishtirok etish huquqiga ega. Ispaniyadan Real ChL g‘olibi sifatida avtomatik qatnashadi, ammo oxirgi 4 yillik reyting bo‘yicha Atletico Barcelonadan yuqorida turibdi. Shu sabab Ispaniyadan Real va Atletico qatnashadi, garchi Barcelona yuqori 12 talik reytingda bo‘lsa ham. Arsenal bilan ham shunday holat. Men ham boshida tushunmagandim, nega Barcelona, Arsenal yo‘qligini. Musobaqa reglamentini o‘qib ko‘rib tushundim keyin.
+2   
13 iyu 12:31:10
Mumin9311
Уйинлар бизни вактга сахарда буладими
+2   
13 iyu 12:25:06
БЕК@
Рейтингда Барселона, Арсенал, милан жамоалари Ред буллдан пастдами?
+1   
13 iyu 15:01:43
Memphis_7
Ajoyib lekin Ronaldo bormagani yomon bubdi Sevlmli clubm Bavariaga omad champion bolsh nasb etsin
+1   
13 iyu 14:06:01
Sardorbek..
БЕК@ foydalanuvchining fikriga javob berish
Рейтингда Барселона, Арсенал, милан жамоалари Ред буллдан пастдами?
Reglamentga ko'ra 2020-2024 yillarda Chlni yutgan kamandalar avtomatik tarzda musobaqaga saralanadi shuningdek bitta mamlakatdan 2 tadan ortiq kamanda qatnasholmedi Angliyada Chelsi va City oxirgi 5 yilda chlni yutgani uchun Arsenal xoxlasa xoxlamasa bu turnirda o'ynay olmaydi Barsada esa vaziyat sal boshqacha Chldagi muvaffaqiyatszliklar sababli Uefadagi reytingi tushib o'rnini Atletikoga bo'shatib berdi
+1   
13 iyu 12:35:46
Sardorbek..
Infantino bechora birinchi o'yinga bilet sotolmay sarson))
   
13 iyu 15:37:54
Memphis_7
Mumin9311 foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйинлар бизни вактга сахарда буладими
Faqat inter mayaami soat 5da uynarkan keyng Bavaria 21:00 qoganlaryam tunda
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика