"Torino" Belottiga yangi shartnoma taklif qildi
28 iyu 2021 18:47
Yangiliklar
"Torino" Belottiga yangi shartnoma taklif qildi
"Torino" jamoada hujumchi Andrea Belottini saqlab qolmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, Turin klubi o'yinchi uchun yangi shartnoma tayyorlab qo'ydi.
"Torino" forvard bilan shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirishga tayyor. Bundan tashqari, klub Belottining maoshini bir mavsum uchun 3,2 million evroga oshirmoqchi.
Andreaning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum so'nggida yakuniga etadi.
27 yoshli futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 6ta assist qayd etdi. Belotti Turin klubida 2015 yilning avgustidan beri o'ynaydi.
Fikrlar