So’nggi yangiliklar

20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  2 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  7 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1

Timur Kapadze: "Yangier" maydonida har bir jamoaga qiyin bo'ladi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Yangier" maydonida har bir jamoaga qiyin bo'ladi"

Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Olimpik"(2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi o'rinda "Yangier" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Tanaffusdan keyin birinchi uchrashuv bo'lgani uchun qiyin bo'ldi. Ushbu uchrashuvda qanday holatda ekanligimizni ko'rib olmoqchi edik. Raqib yaxshiroq o'ynadi. O'yinga har tomonlama tayyor ekanligi ko'rinib turdi. Xatolarni ko'rib, o'rganib chiqamiz. Maydon maysasini balandligi va kurashlar ko'p bo'lgani bunga sabab bo'ldi. To'pni yurishi qiyin kechdi. SHu bois bizning futbolchilar moslashishda muammolarga duch keldi. Raqib esa ancha moslashib olgandi. O'zini erkin tutdi. Ikkinchi bo'limda o'n kishi bo'lib qolganimiz o'z tasirini o'tkazdi. SHunga qaramay yaxshi harakat qilishdi. Lekin vahima qilish kerak emas. Mag'lubiyatlar bo'lib turadi. O'ylaymanki, biz to'g'ri xulosa chiqaramiz. Keyingi o'yinda bundan ham kuchliroq harakat qilamiz va oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz",- deydi Timur Kapadze.

- Qizil kartochka bo'lgan vaziyatga etirozingiz yuqmi?

- O'sha holatda himoyachi bo'sh va erkinroq harakat qildi. Oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi. Hakamlar balki to'g'ri qaror qabul qilgandir. Lekin o'yin tugadi. Hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Biz o'z xatolarimizni o'rganib chiqamiz.

- Jamoa davralar oralig'ida Minskda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik va transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Yangi kelgan futbolchilar ancha iqtidorli. Minskdagi yig'in ancha yaxshi o'tdi. O'rtoqlik uchrashuvlarida ham yaxshi natijalar qayd etildi. Kamchiliklarni bilib olish uchun yaxshi sparring raqiblar bo'ldi. Biroq bu o'yin bilan solishtirish qiyin. O'yin 17:30da boshlandi. Bunday paytda havo issiqligi ham tasirini o'tkazadi. "Yangier" maydoniga kelgan har bir jamoa qiynaladi. Kurashlar ko'p bo'lishini bilgan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Baribir qiynalishdi.

- Transferlar oynasida tarkibiga qo'shib ololmagan futbolchilar ham bo'ldimi?

- Albatta bo'ldi. Klublar ham osonlikcha qo'yib yubormaydi. Menimcha o'rinbosarlar jamoasida o'ynagandan ko'ra, Pro ligada o'ynagan yaxshiroq. Hamma o'z klubi manfaatini o'ylaydi. O'zimizga yoqqan kelajagi bor futbolchilarni safimizga qo'shib oldik. Qay darajada o'sishga erishadi, o'zini ko'rsata oladimi, buni vaqt ko'rsatadi.


Yangiyer

Sheroz Jalolov - 19', Fahriddin Alimov - 83'

PRO liga. 14-tur

04/08/2021, 17:30

0
:
2
Tugadi

Olimpik

45'
90'
19'  Sheroz Jalolov
50'  Bekzod Tolibjonov
65'  Sheroz Jalolov (To'lqin Ergashev)
79'  Doston Meliqo'ziev (Fahriddin Alimov)
79'  Mpako Etame Jerom (Muhammadqodir Rahimberganov)
83'  Fahriddin Alimov
90'  YOdgor Nazarov (SHoxzamon Xayrullaev)
90'  Oybek Ahmatov (Xurshid Asqaraliev)
26'  SHahzod Toirov
46'  SHohjahon Sultonmurodov (Muhammadali G'iyosov)
46'  Talgat Nigmatullin (Eldor Begimov)
61'  Bektemir Abdumannonov (Alisher Odilov)
61'  Otabek Jo'raqo'ziev (Farrux Muxtorov)
77'  Behzod SHamsiev (Lyubomir Bondarenko)

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика