Uilyams transferiga nuqta qo'yildi – futbolchi "Atletik"da qoladi
04 iyu 14:38
Yangiliklar


Uilyams transferiga nuqta qo'yildi – futbolchi "Atletik"da qoladi
Ispaniyaning “Atletik” futbol klubi jamoa vingeri Niko Uilyams bilan shartnomani uzaytirganini malum qildi.
22 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2035 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Qayd etilishicha, ispaniyalikning tovon puli 50 foizdan ko'proqqa oshgan. OAV xabariga ko'ra, avvalgi to'lov 62 million evro edi.
Avvalroq futbolchiga "Barselona" qiziqayotgan edi, biroq Kataloniya klubidagi moliyaviy holat transferni amalga oshirishga to'sqinlik qildi.
Uilyams yakunlangan mavsum 45 uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
01:55
ECHL. PSJ Ramushning oxirgi daqiqalardagi goli evaziga "Barselona"ni mag'lubiyatga uchratdi 170
22:32
"Elche" "Barsa"ga qarshi o'yin anonsida uchrashuv "Kamp Nou" stadionida o'tkazilishini malum qildi 0
20:00
"Barselona" - PSJ - hujumchilar lazaretda, top yarim himoyachilar to'qnashuvida kim g'olib bo'ladi? 8

Fikrlar