So’nggi yangiliklar

11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  0 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  0 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  4 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  1 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  12 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  4 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  12 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  7 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  9 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1

Terma jamoaning bugungi kunidan xabarlar... Yangiliklar

Terma jamoaning bugungi kunidan xabarlar...

2 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi "Paxtakor" Markaziy stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Afsuski, tarkibda yo'qotish mavjud. Suriya bilan o'yinning ikkinchi bo'limida Javohir Sohibovga almashtirilgan Aziz Haydarovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. SHu sabab u Qatarda bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok eta olmaydi. Bugungi mashg'ulotlarda Vitaliy Denisov ham qatnashmadi. Vitalikning avvalgi jarohati bezovta qilgan ammo uniki Haydarovchalik jiddiy emas.

Suriya bilan bahsda Odil Ahmedov ham og'riq qoldiruvchi ukol yordamida maydonga tushgan edi. Odil so'nggi bir oyni "Krasnodar" safida ham jarohati bilan o'tkazyapti. SHu boisdan Oleg Kononov uning xizmatlaridan 100%da foydalana olmayapti. 

Yuqoridagi uch futbolchimizga sog'liq tilaymiz!

Mashg'ulot soat 17:00ga belgilandi. Boisi, Qatardagi o'yinni QFA soat 19:00ga belgilagan. Bu vaqtda mamlakatdagi havo harorati taxminan 32-35 daraja issiq bo'ladi. Samvel Babayan futbolchilarni o'yin vaqtidagi havoga ko'nikish hosil qilishi uchun mashg'ulot vaqtini ancha ertaroqqa belgiladi. 

Terma jamoamiz futbolchilari avvaliga 10 daqiqa davomida stadion bo'ylab yugurish mashg'ulotini o'tkazdilar. SHundan keyin barcha stadion zalida chigal yozdi mashqlarini bajardilar. Suriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchilarga javob berilgach, qolgan o'yinchilarimiz to'laqonli mashq o'tkazdilar.

Ertaga MTJ to'liq tarkibda mashq qiladi va 4 sentyabr kuni tongda, charter reysda, Toshkent - Doha yo'nalishi bilan Qatar poytaxtiga uchib ketadilar. U erda vakillarimiz JCH-2018 saralash bahsi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика