So’nggi yangiliklar

07:36Неймар ваъдасида турди. "Сантос" сўнгги турда йирик ғалабага эришди ва Элитада ўз ўрнини сақлаб қолди  0 03:08А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га "Ювентус" устидан ғалабани тақдим этди  11 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди  120 01:31Бундеслига. "Боруссия" ўз майдонида "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 23:16“Арсенал” собиқ ўйинчиси “Аякс”га йўл оладими?  0 22:09"Арсенал" "Реал"дан "Ювентус" юлдузини тортиб олмоқчи  3 21:08А Серия. "Рома" 82-дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб меҳмонда "Кальяри"га мағлуб бўлди  4 20:39"Барселона" Ольмони нима учун операция қилишни истамаётгани маълум бўлди  0 19:34"Севинч"га Ўзбекистон кубогини тантанали топшириш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 18:36Пеле ва Марадона чемпионликни нишонлаган, томи тўлиқ йиғиладиган, 1,4 млрд долларга тушган лойиҳа: Ўзбекистоннинг тарихий учрашувларига мезбонлик қиладиган 3 та стадион  1 17:58"Футбол олами". 2025 йилнинг сўнгги кўрсатуви  4 17:05Икки футболчи "Реал"ни тарк этиши мумкин  14 16:19Аёллар. "Севинч" "Қизилқум-W"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги-2025ни қўлга киритди  3 15:42ЖЧдаги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади  17 14:43"Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол" Салоҳ трансфери учун 80-100 млн евро тўлаши мумкин  2

"Zamonaviy darvozabon faqat seyv emas, jamoa o'yini qurish va oyoqda o'ynashni ham bilishi kerak" - Denis Ivankov bilan intervyu Yangiliklar

"Zamonaviy darvozabon faqat seyv emas, jamoa o'yini qurish va oyoqda o'ynashni ham bilishi kerak" - Denis Ivankov bilan intervyu

Futbol taraqqiyoti bilan birga darvozabonlar poziciyasida ham jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda.

Bugun ulardan faqat seyv yoki "quruq o'yin"emas, balki taktik fikrlash, o'yinni oldindan his qilish va oyoqda to'p bilan ishlay olish kabi ko'nikmalar ham talab etilyapti. Superligada esa bu mavsumda aynan darvozabon xatolari ko'p gollarga sabab bo'layotgani kuzatilyapti. Shu haqda sobiq darvozabon va murabbiy Denis Ivankov bilan suhbatlashdik. 

— Darvozabon o'yinini baholashda asosiy ko'rsatkichlar qaysilar? Masalan hujumchi gollari bilan, yarim himoyachi esa uzatmalari va kurashlari bilan baholanadi... 

— Darvozabon faqat seyvlar va uzatmalar bilan cheklanib qolmasligi kerak. U taktik jihatdan ham qurollangan bo'lishi, o'yinni o'qiy olishi, vaziyatni oldindan his qilib, unga tayyor tura olishi shart.

 — Bugungi zamonaviy darvozabon bilan 10–15 yil oldingi darvozabon o'rtasida qanday farq bor?

 — Hozir futbol ham, darvozabon ham bir joyda turmaydi. Har doim kuchli jihatlarini takomillashtirib, zaif tomonlarini rivojlantirib borishi zarur. Agar 15 yil oldin himoyadan chiqishda to'pni shunchaki oldinga tepish odatiy hol bo'lgan bo'lsa, hozir deyarli hech kim to'pni bekorga tepmaydi. Zamonaviy darvozabon esa xuddi 100 foiz maydondagi futbolchi kabi texnik jihatdan qurollangan bo'lishi kerak. 

— Oxirgi yillarda darvozabonlardan oyoqda o'ynash talab etilyapti. Bu qay darajada muhim? Bu jamoa bosh murabbiyning uslubiga ham bog'liqmi? 

— Oxirgi paytlarda bizda ham darvozabonning oyoqda o'yiniga etibor qaratilyapti. Ammo aytib o'tish kerakki, Vadim Karlenovich bir paytlar "Traktor"da ishlagan. O'shandayoq uning qo'l ostidagi darvozabonlar to'p bilan yaxshi muomala qila olardi. Jahon futbolida esa oyoqda o'yinga ancha vaqtdan beri katta ahamiyat beriladi. Qayta-qayta takidlayman: zamonaviy futbolda oyoq bilan o'yin juda muhim.

 — Superliga darvozabonlari haqida umumiy fikringiz? Nima uchundir bu yil darvozabonlarning individual xatolari natijasida yuzaga kelayotgan gollar ko'paymoqda...

 — Darvozabonlar haqida fikrlarim ikki xil. Yaxshi yigitlar bor, ammo ular hamon bolalarcha xatolarga yo'l qo'shmoqda. Ha, juda ko'p ortiqcha xatolar qilishmoqda. Masalan, oxirgi Namangandagi o'yinda Shukron xato qildi. Undan oldin "Bunyodkor"ga qarshi bahsda Botirali ham shunday xatoga yo'l qo'ydi. Shu kabi vaziyatlar bu mavsumda juda ko'p uchrayapti. Fikrimcha, bu tajribali mutaxassislar etishmasligidan. 

— Qaysi darvozabonlarni kashfiyot sifatida ko'ryapsiz? Kimlarni ajratib o'tgan bo'lardingiz? 

— Superligada hozircha men uchun yangicha ochilgan nom yo'q. Har bir yigitga ko'proq barqaror va yaxshi o'yinlar tilayman. Shuni unutmasligimiz kerakki, bir yildan kam vaqt ichida biz uchun ulkan voqea — Jahon chempionati final bosqichi kutib turibdi. 

— "Neftchi"dan keyin sizning "Nasaf"ga o'tishingiz haqida gap-so'zlar bo'lgan edi. Hozir nima ishlar bilan bandsiz?

— "Nasaf" rahbariyati bilan gaplashganman, ammo hamkorlikni yangi yilgacha qoldirishga qaror qildik. Hozir Toshkentdaman, kelasi hafta Evropaga uchaman. Chexiyaning "Sparta" klubida amaliyot o'tayman.

— O'tkir Yusupov "Fulad"da zaxirada qolmoqda...

— Shubhasiz O'tkirga ayni paytda o'yin amaliyoti kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика