So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  3 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  22 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

PFL Berger tizimini bekor qilsa, yangi taqvimda tarixiy omillar hisobga olinadimi? Yangiliklar

PFL Berger tizimini bekor qilsa, yangi taqvimda tarixiy omillar hisobga olinadimi?

11 avgust kuni "Paxtakor"-79" fojeasiga 46 yil to'ldi.

O'zbek futboli tarixidagi muhim sanalarning birida esa "Paxtakor" jamoasi Samarqandga safar qildi.

O'zbekiston chempionatida ko'p yillardan buyon taqvim uchun Berger tizimi qo'llanadi.. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarni taqsimlashning qulay va matematik jihatdan puxta usuli, biroq uning bitta aniq kamchiligi bor - uchrashuvlar tartibi yildan-yilga deyarli o'zgarmay qoladi. Aynan shu sababli deyarli har mavsum so'ngida "Paxtakor" - "Bunyodkor" bir-biri bilan to'qnash keladi. Bu hodisa eng kamida 2019 yildan beri davom etib kelmoqda.

Shu sababli PFL keyingi mavsumdan boshlab, Berger tizimidan voz kechmoqchi. Bu yaxshimi yoki yomon? Superliganing 2026 yilgi mavsumiga mundial o'tkaziladigan yil bo'lgani tufayli ko'pgina o'zgarishlar bilan o'tishi mumkin. Bu haqda tashkilotning o'zi ham rasman bayonot berdi. Tarixda ilk marotaba JCHga chiqqanimiz tufayli, PFL ham terma jamoaga imkon qadar yaxshiroq sharoitlar yaratib berishga harakat qilmoqda. Masalan, uch nafar va undan ko'proq futbolchilari terma jamoaga chaqirilgan klublar Ligaga o'yinni malum bir muddatga ko'rish istagi bilan murojaat etishi mumkin.



Jurnalist Narzulla  Saydullaevning malum qilishicha, keyingi mavsumda PFL Berger tizimidan foydalanmaydi. Menimcha, bu quvonarli xabar. PFL aynan qanday uslubda qura o'tkazishi hozircha nomalum, balki taqvimni to'liq o'zi tuzib chiqar, bilmadim. Yaxshi jihati shundaki, ayrim vaziyatlarda liga o'zi to'g'ri deb bilgan qarorni qabul qilishi mumkin. Masalan, terma jamoaga ko'p futbolchilarni etkazib beradigan klublarning o'yini qoldirilishi mumkin. So'nggi yillarda muammmo bo'layotgan stadionlar bilan bog'liq holatdan kelib chiqib ham, taqvimda o'zgarish qilish mumkin bo'ladi. Masalan, bir jamoaning o'y stadioni mavsumga tayyor emas va shu sababli Liga birinchi davra uchrashuvida stadioni tayyor bo'lmagan jamoani safarga jo'natib yuborishi mumkin yoki mavsum startida "Paxtakor" kabi OCHL musobaqasida ishtirok etayotgan jamoalarning taqvimiga o'zgartirish kiritish mumkin bo'ladi.

Endi asosiy masalaga o'tsak, maqola avvalida aytib o'tganimdek, "Paxtakor" 11 avgust kuni safarda o'yin o'tkazdi. 11 avgust - o'zbek futboli tarixidagi qayg'uli sana. Bu kun nafaqat klub uchun, balki butun mamlakat futbol jamoatchiligi uchun ham ahamiyatlidir. Mantiqan, "Paxtakor" shu kuni o'z maydonida – muxlislari oldida xotira marosimini o'tkazsa va jamoa afsonalarini yod etish imkoniyatiga ega chiqsa, mantiqan to'g'ri ish bo'lardi.. "Paxtakor" 2021 yildan buyon 11 avgustga yaqin sanalardagi uchrashuvlarini safarda o'tkazib kelmoqda. Mening nazarimda, "Paxtakor" 11 avgust kuniga yaqin sanadagi uchrashuvlarni o'z uyida o'tkazishi kerak. To'g'ri, ashaddiy muxlislar safar uchrashuvida ham o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlashadi deyishingiz mumkin, ammo har bir muxlis ham o'z ishini tashlab, boshqa viloyatga bir kunlik safar qilib kela olmaydi. 11 avgust kuni tushlik vaqtidan so'ng "Botkino"ga borib keldim, men qabristonga kirgan vaqtim "Paxtakor-79"ni xotirlash uchun kelgan bir nechta yoshi ulug' muxlislarni ko'rdim. Yoshi ulug' muxlislar safar uchrashuviga bora olmasliklari aniq edi. Aynan shu sababli, keyingi mavsumda Berger tizimidan voz kechilganidan so'ng, mana shunday qo'shimcha faktorlarni hisobga olish kerak.


11.08.2025

"Dinamo" - "Paxtakor" 1:1


10.08.2024

"Nasaf" - "Paxtakor" 1:0


10.08.2023 

"Navbahor" - "Paxtakor" 2:1


12.08.2022

"Neftchi" - "Paxtakor" 0:2


13.08.2021

"Mashal" - "Paxtakor" 0:1

(Bahs "Lokomotiv" stadionida o'tkazilgan)


Bundan tashqari boshqa klublar uchun ham muhim sanalar bor. Masalan, har yili Namanganda o'tkaziladigan gullar festivali. Deyarli bir oy davom etadigan festivalda "Navbahor" imkon qadar o'z uyida o'ynasa, yaxshi bo'lardi. Shuningdek, har yili avgustning birinchi yakshanbasi temiryo'lchilar kuni sifatida nishonlanadi. "Lokomotiv" o'yinlarining taqvimini tuzayotgan chog'i shunday sanalar etiborli bo'lgan maqul, menimcha.

Masalan, "Myunxen aviahalokati" 6 fevral sanasiga yaqin sanalarda "Manchester Yunayted" o'z uyida o'ynab keladi. Bu tasodifmi yoki hisobga olingan jihat, bilmadim. Nima bo'lganda ham bu yaxshi odat.

08.02.2025

Angliya Kubogi

"Manchester Yunayted" - "Lester" 2:1


04.02.2024

APL

"Manchester Yunaytde" - "Vest Xem" 3:0


04.02.2023

APL

"Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" 2:1


05.02.2022

Angliya Kubogi

"Manchester Yunayted" - "Midllsbro" 1:1


1949 yili 4 may kuni "Torino" jamoasi bilan ro'y bergan aviahalokat ham bundan istisno emas. "Torino" 4 may kuniga yaqin sanalarda bir necha mavsumdan buyon o'z uyida o'ynab kelmoqda.


2.05.2025

Seriya A

"Torino" - "Veneciya" 1:1


3.05.2024

Seriya A

"Torino" - "Bolonya" 0:0


3.05.2023

Seriya A

"Sampdoriya" - "Torino" 0:1


7.05.2022

Seriya A

"Torino" - "Napoli" 0:1


Xulosa

Berger tizimidan voz kechish PFL uchun ko'pgina afzalliklarni taqdim etadi. Taqvimni qo'lda yoki moslashuvchan algoritmlar asosida shakllantirish nafaqat klublarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini, balki viloyatlardagi bayram kunlari, iqlim sharoitlari, logistika masalalari va infratuzilma imkoniyatlarini hisobga oladi.

Taqvimni nazorat qilish orqali PFL kutilmagan o'zgarishlarga tezkor reakciya bildirishi mumkin bo'ladi. Ayniqsa, Jahon chempionati yili oldidan bu ayni muddao bo'ladi.


P.S 

PFL rahbari Diyor Imomxo'jaevning 2017 yilda "Erudit gazetasi"da chop etilgan maqolasida shunday degandi: 

Bizning fojeaga bugun 38 yil to'ldi. Biz endi “Barselona” yoki qandaydir grand klubdan taklif kutadigan holatda emasmiz. Ammo o'zimiz chiroyli bir xotira turnirimizni tashkil qilish imkoniyatiga egamiz. “Paxtakor”da rahbariyat almashdi. Qandaydir ikki oy ichida o'zgarishalr ko'rdik, muxlislarda umid paydo bo'ldi, “Paxtakor” stadionida katta rekonstrukciya boshlanmoqda, xullas, hech kim befarq emas bularga. Keyingi yildan boshlab mana shu rahbariyat “Paxtakor—79” xotira turniriga ham hurmat bilan etiborda bo'lishiga ishongim keladi.

To'g'ri, yosh bolalar, o'smirlar o'rtasida turnirlar tashkil etiladi. 5—6 nuroniy yig'ilib, “Paxtakor” haqida 10—15 o'smirga xotiralarini so'zlab beradi. Vaholanki, “Paxtakor”ning qurbi bundan ko'prog'iga etishiga ishonaman. Agar ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa, biz ham o'zimizning Gamper Kubogimizga ega bo'lishimiz mumkin.

Aytaylik, Braziliyaning “Shapekoense” klubi kelasi mavsum Toshkentga taklif etilishi mumkinmi? Shota Arveladzeni ishga solib, Gollandiyaning “Ayaks” klubini olib kelish-chi? 11 avgust Evropa milliy chempionatlarning ko'pi start olmagan bo'ladi. Ishonamanki, “Paxtakor”ning hurmati 35 minglik stadion bemalol to'ladi. Evropa ligasining finalida o'ynaydigan klub tashrifi ko'pchilikni befarq qoldirmasa kerak. Vaqti kelib, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” kabi og'ir damlarni o'tkazgan jamoalar bilan ham aloqaga chiqish imkoniyatimiz bo'lar, bilmadim. Hammasi tashkilotchilikka bog'liq.

“Paxtakor—79” fonida biz faqatgina bir jamoaning emas, butun bir mamlakat futbolining qayg'uli o'tmishini ko'ramiz. Uni yoritishda internet nashrlar, gazeta va radio, TV faol bo'ladi, bunga shubha yo'q.


Reyting:    

Fikrlar

+2   
19 avg 23:18:30
O'zbek futboli XD
“CAFA Nations Cup-2025”

CAFA turniriga Toshkent, va Toshkent viloyati stadionlari mezbonlik qiladi.

Toshkent "Jar" stadioni,

Toshkent viloyati "Do'stlik" stadioni,


CAFA Xalqaro turniri.
"A" guruhi 1-tur.
30 avgust, shanba

"Qirg'iziston"-"Turkmaniston"
"Do'stlik" stadioni, Toshkеnt viloyati

"O'zbеkiston"-"Ummon"
"Jar" stadioni,  Toshkеnt


"A" guruhi 2-tur.
2 sentyabr, seshanba

"Ummon"-"Qirg'iziston"
"Do'stlik" stadioni, Toshkеnt viloyati

"Turkmaniston"-"O'zbеkiston"
"Jar" stadioni,  Toshkеnt


"A" guruhi 3-tur.
5 sentyabr, juma

"Turkmaniston"-"Ummon"
"Do'stlik" stadioni, Toshkеnt viloyati

"O'zbеkiston"-"Qirg'iziston"
"Jar" stadioni,  Toshkеnt

@OZBEK_FUTBOLI
+1   
20 avg 00:29:45
Mirshohid
Ahmoqona maqola boʻlibdi. MYU va Torinoni uch toʻrtta uyini jamoa halok boʻlgan sanada oʻz uyidagi uyinga tugʻri kelgan. Shunga endi Paxtakor ham doim shu sanada yoki sanaga yaqin uyida oʻynashi kerakmi? Jinnilikni ham chegarasi bormi demoqchi edim afsuski koinot va jinniklikda chegara yoʻq.
+1   
19 avg 23:49:49
Kardinal
Бу футбол. Уни тинч куйинг. Футбол тажриба куёнчасимас
+1   
19 avg 22:25:43
FK Navba-FK Real
Shovruq88 foydalanuvchining fikriga javob berish
Nima deyapti?
Отамни уйлантираман деяпти.
+1   
19 avg 22:20:37
Усмонбек
Эшак купкари булиб кетаркан хамани нимасидир бор кунглига караш керак экан хар бирини нима килади пахтакор тошкентда булса бориб тирилтириб берадими манимча самаркандаям зур хотирлашди Пахтакор 79ди самаркандликлар булдида яна нима кисин
+1   
19 avg 22:13:49
uzbfcn
Shovruq88 foydalanuvchining fikriga javob berish
Nima deyapti?
Otamni uylantiraman deyapti.
+1   
19 avg 21:58:06
Shovruq88
Nima deyapti?
   
20 avg 18:42:13
Неф69
Гапкан топингни кара,Пахтакор мухлислари вилоятларга бориб куролмаяпти эмиш!11-куни уйида уйнаса аншлаг булиб кетаркан-да. Хамма узини "условие"сини куяверса каша-варенье булиб кетса керак? Еки факат Пахтакорга тегишлими бу гап? Каекдан келади бунака фикрлар каллаларингга сизларни а?!
   
20 avg 05:25:11
Arsenal 14
Kelasi mavsumga chempionatimizni atalasi chiqishiga tayyor turaylikmi
   
20 avg 00:57:43
Abubakr Omonilloyev
Berger tizimi otgan mavsumda tugatilgan orniga qarab qur'a tashlanardi shekili.
   
19 avg 23:40:35
Усмонбек
O'zbek futboli XD foydalanuvchining fikriga javob berish
“CAFA Nations Cup-2025” CAFA turniriga Toshkent, va Toshkent viloyati stadionlari mezbonlik qiladi. Toshkent "Jar" stadioni, Toshkent viloyati "Do'stlik" stadioni, CAFA Xalqaro turniri. "A" guruhi 1-tur. 30 avgust, shanba "Qirg'iziston"-"Turkmaniston" "Do'stlik" stadioni, Toshkеnt viloyati "O'zbеkiston"-"Ummon" "Jar" stadioni,  Toshkеnt "A" guruhi 2-tur. 2 sentyabr, seshanba "Ummon"-"Qirg'iziston" "Do'stlik" stadioni, Toshkеnt viloyati "Turkmaniston"-"O'zbеkiston" "Jar" stadioni,  Toshkеnt "A" guruhi 3-tur. 5 sentyabr, juma "Turkmaniston"-"Ummon" "Do'stlik" stadioni, Toshkеnt viloyati "O'zbеkiston"-"Qirg'iziston" "Jar" stadioni,  Toshkеnt @OZBEK_FUTBOLI
Рахмат малумот учун бечора жар стадионини майсаси эна энамов девормаса булди эди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика