Ten Xag Ronalduning mavsumdagi ilk goli haqida: "Bu gol unga kerak edi"
16 sen 2022 09:06
Yangiliklar


Ten Xag Ronalduning mavsumdagi ilk goli haqida: "Bu gol unga kerak edi"
MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag "SHerif" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Ushbu o'yinda Jeydon Sancho va Krishtianu Ronaldu gol urdi.
"Men Sancho uchun xursandman. Yana bitta gol. U mavsum oldidan o'tkazilgan o'yinlarda ham gollar urgandi. Adashmasam mavsumdagi uchinchi gol. U juda yaxshi harakat qilmoqda. Ammo o'ylaymanki, u yanada kuchli bo'lishi mumkin, chunki malakasi yuqori.
Ronalduga bu gol kerak edi. Ushbu mavsumda bunga ko'p bora juda yaqin keldi, buni juda istadi. Biz u uchun xursandmiz. Jamoa ham unga gol sovg'a qilishni istagandi. Ronaldu penaltidan ura olishini doimo bilamiz", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar