So’nggi yangiliklar

22:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Фламенго" – "Челси". Таркиблар аниқ!  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  28 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  42 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  1 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  7 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  16

Temur Mamasidiqov: "Tanaffus vaqtida Timur Kapadze bizga juda katta motivaciya berdi" Yangiliklar

Temur Mamasidiqov: "Tanaffus vaqtida Timur Kapadze bizga juda katta motivaciya berdi"

28 mart kuni O'zbekiston Pro ligasi doirasida 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Toshkentda "Olimpik" jamoasi o'z uyida "Oq-tepa" klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning birinchi goli muallifi va o'yin davomida yaxshi o'yin ko'rsatgan Temur Mamasidiqov bahsdan so'ng saytimizga intervyu berdi.

— Temur aka, Pro ligadagi ilk g'alaba bilan tabriklaymiz. Dastlab o'yin haqida fikrlaringiz...

— Biz juda ham ko'p ruhiy tayyorgarlik ko'rdik. O'tgan turdagi durangdan keyin g'alaba qozonish bu yaxshi. Menimcha, o'yinga ruhiy jihatdan tayyorligimiz evaziga g'alaba qozondik.

— 1-bo'limda jamoa ko'p bora yaxshi hujumlar qildi, lekin ulardan foydalana olmadi. 2-bo'limda esa vaziyatlardan yaxshi foydalanildi. Tanaffus vaqtida bosh murabbiy qanday ko'rsatmalar berdi?

— Tanaffus vaqtida murabbiy bizga juda katta motivaciya berdi. "Bu bizning o'yin, yutish kerak", dedi. Vaziyatlardan foydalansak, o'yinimiz ochilib ketishini aytib o'tdi. Va biz vaziyatlardan unumli foydalandik.

— Jamoada hamma futbolchi yosh, shuningdek, turli xil jamoalardan kelgan. Jamoada ichki holat qanday?

— Ichki holat juda ham ajoyib. SHaroit ham zo'r. Bizni hozirdan Olimpiadaga tayyorlashmoqda. Klub ham shuning uchun ochildi.



Og'abek Samisov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика