So’nggi yangiliklar

09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  0 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  1 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  0 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  1 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  5 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  1 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  2 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  2 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  4 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  9 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  22 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  14 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  13 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  50 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  11

Tayyorlov guruhlari. 1998/99 yillar. “Nasaf” finalda! Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari. 1998/99 yillar. “Nasaf” finalda!

Teglar :  tayyorlov guruhlari
Bugun Oliy va birinchi liga klublari futbol maktablarining 1998/1999 yillarda tug'ilgan futbolchilari o'rtasidagi O'zbekiston Birinchiligining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Nurali Sultonov qo'l ostidagi 1998/99 yillarda tavallud topgan futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoamiz farg'onalik tengdoshlari bilan yarim final uchrashuvida bahslashishdi.
 
Uchrashuv kichik 1:0 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo'ldi. Uchrashuvdagi jamoamizning yagona golini Xudoyorxon Sagdullaev 38-daqiqada kiritdi. Bu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmasdan qoldi. SHunday qilib, yana bir jamoamiz tayyorlov guruhlari Respublika birinchiligining final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
 
 
Tayyorlov guruhlari. 1998/99 yillar. Yarim final
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg'ona) 1:0
Sputnik qo'rg'oni. Yoshlar qarorgohi maydoni. 10:00da
 
Bosh hakam:
Isxax Ibragimov (Nukus)
Yordamchi hakamlar: Bektursin Kannazarov, Jalgasbay Sarsenov (Nukus)
Zaxira hakami: Ravshan Abduvoxidov (Qarshi)
Nazoratchi: I.V. Nexochin (Namangan)
 
Gol: Xudoyorxon Sagdullaev, 38’-1:0.
 
“Nasaf”: 30.Umid Ergashev, 5.SHerzod Nasrullaev (22.Elbek Otaqulov 77), 8.Xudoyorxon Sagdullaev (27.Sirojiddin Ettiboev 80), 9.Jahongir Qurbonboev,  10.Islom Kenjaboev, 17.Dostonbek Berdiqulov, 18.Sardorjon Abduxoliqov, 20.Akmal Mozgovoy, 28.Sardor Sadullaev, 32.Ilhomjon Alijonov, 33.SHoxruh Nematov (42.Oybek Xamidov 33).
Zaxira: 21.Elshod Qodirov, 16.Mirzabek Joniqulov, 19.Sadda To'xtaev,  34.Orif Murodov.
 
“Neftchi”: 1.Mashxur Muhammadjonov, 3.Rahimberdi Mamatkarimov, 5.Husan G'aniev, 7.Sanjar Zokirov, 8.SHaxboz Abduraimov, 10.Asil G'oyibjonov, 25.Javohir Muxtorov, 29.Mamatvali Nuriddinov, 30.Mansur Dadaxonov, 40.Zafar Isroilov (23.Xamidullo Abduxamidov 87), 77.Mirxoxid Egamberdiev.
Zaxira: 17.Abror Ismoilov, 45.SHodiyor Xojimatov.
 
Ogohlantirish: Dostonbek Berdiqulov  59, Islom Kenjaboev 78 - Rahimberdi Mamatkarimov 58, Javohir Muxtorov 73.
 
 
Bugun shuningdek, yana bir yarim final uchrashuvi bshhlib o'tdi. Unda “Bunyodkor” jamoasi “Lokomotiv” jamoasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda kichik 1:0 hisobda “Lokomotiv” jamoasi g'alaba qozondi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
 
Demak, finalda “Nasaf” – “Lokomotiv” jamoalari bosh sovrin uchun bellashadi. 3-o'rin uchun esa “Neftchi” – “Bunyodkor” jamoalari o'zaro bahs yuritishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика