So’nggi yangiliklar

16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  0 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  6 15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  6 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  1 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5

Toshkentda yutgan murabbiy va futbolchi, mavsumdagi ilk g'alabaga erishgan posbon, "Jar"da supergol urgan futbolchi - Superligada 10-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Toshkentda yutgan murabbiy va futbolchi, mavsumdagi ilk g'alabaga erishgan posbon, "Jar"da supergol urgan futbolchi - Superligada 10-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 10-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi darvozaboni – Shohruh Eshbo'taev ("Sho'rtan")

Bu turda "Sho'rtan" o'z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. G'uzorliklar posboni o'yin davomida to'rt marta o'z seyvlari bilan jamoasini qutqardi va "Sho'rtan"ning bu mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritishiga katta hissa qo'shdi. Shu orqali u Championat.asia ijodkorlari tomonidan 10-turning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi murabbiyi – Sergey Lushchan ("Navbahor")

"Navbahor" bu tur Toshkentda "Bunyodkor" klubi mehmoni bo'lib, 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Lushchan sobiq klubiga qarshi bahsda o'z shogirdlarini yaxshi ruhlantira olgani ko'rindi. O'tgan turda "Qizilqum"dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanini ko'rsatgan "lochinlar" safarda o'ta muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Shu tariqa Sergey Lushchan 10-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  




Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi futbolchisi – Ruslanbek Jiyanov ("Navbahor")

"Navbahor"ning Toshkentda "Bunyodkor" ustidan qo'lga kiritgan g'alabasida Ruslanbek Jiyanovning hissasi katta bo'ldi. Jiyanov har ikkala taymda "qaldirg'ochlar" darvozasiga bittadan gol urishga erishdi va "lochinlar"ning g'alabasini taminlab berdi. Shu tariqa Jiyanov 10-turning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof qilindi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 10-turning eng chiroyli goli muallifi – Shahboz Jo'rabekov ("Buxoro")

"Buxoro" bu tur "Jar" stadionida "Dinamo"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlar safida zaxiradan maydonga tushgan Shahboz Jo'rabekovning goli chiroyli chiqdi. U jarima maydoni chizig'i ustidan to'pni to'xtatmasdan Yagudin qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi, ha aynan joylab qo'ydi. Shunday qilib, Jo'rabekov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi. 





"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni — Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi — Superligada 2-turning eng yaxshilari        

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy — Superligada 3-turning eng yaxshilari        

O'zbekiston MTJ sobiq darvozaboni, "Neftchi" hujumchisi va 53 yoshli murabbiy — Superligada 4-turning eng yaxshilari        

"Qo'qon-1912" posboni, tarixiy g'alabaga erishgan murabbiy, burchakdan gol urgan futbolchi va sloveniyalik legioner — Superligada 5-turning eng yaxshilari        

"Sherlar"dan ikki vakil, 9 ta seyv qilgan posbon va xunuk gol urishni bilmaydigan legioner — Superligada 6-turning eng yaxshilari        

19 yoshli posbon, "Nasaf" futbolchisi, OKMKni yutgan murabbiy va O'zbekiston MTJ azosi — Superligada 7-turning eng yaxshilari         

Birga-bir vaziyatlarda jamoasini qutqargan posbon, xet-trik qayd etgan futbolchi, jamoasi kambek qilgan murabbiy — Superligada 8-turning eng yaxshilari        

Chempion bilan durang o'ynagan murabbiy, superseyv amalga oshirgan posbon, ikkita gol urgan futbolchi — Superligada 9-turning eng yaxshilari        

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика