Rasman: "Manchester Siti" navbatdagi transferni elon qildi
11 iyu 02:29
Yangiliklar
Rasman: "Manchester Siti" navbatdagi transferni elon qildi
Klub bu xaridga taxminan 40 mln evro sarfladi.
Rayan Sherki "Manchester Siti" safiga qo'shildi. Angliya klubi "Lion" yarim himoyachisining transferi haqida rasman elon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladilar.
Francuz tomonning malum qilishicha, kelishuv qiymati 36,5 million evroni tashkil etgan, yana 6 millioni bonus sifatida to'lanishi mumkin. Bundan tashqari, "Lion" futbolchining keyingi transferidan tushgan mablag'ning 15 foizini oladi.
Rayan Liga 1'ning o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar