FIFA "Lion"ga transfer taqiqi qo'ydi
28 may 11:51
Yangiliklar


FIFA "Lion"ga transfer taqiqi qo'ydi
FIFA "Lion"ga uchta transfer oynasida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqladi.
Franciya klubi 2027 yilgacha yangi futbolchilarni safiga qo'shib ololmaydi.
Intizomiy jazo 2 ming evrolik qarz bilan bog'liq. Klub transfer komissiyasini to'lamagan.
Transfer taqiqi uchta o'tish davri uchun – 2026 yil yozgi transfer oynasigacha amal qiladi.
"Lion" esa o'z navbatida jazoga rozi emas hamda vaziyatni hal qilganini, bu summani to'laganini davo qilmoqda.
"To'quvchilar" o'tgan mavsum 57 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida 6-pog'onani band etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar