"Barselona" o'ziga Germaniyadan markaziy himoyachi topdi
26 apr 12:54
Yangiliklar
"Barselona" o'ziga Germaniyadan markaziy himoyachi topdi
Avvalroq, 29 yoshli nemis "Bayer"ni mavsum yakunida tark etishini malum qilgandi - u klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan. "Barsa" va futbolchi o'rtasida hali hech narsa imzolanmagan, ammo og'zaki kelishuv mavjud.
Taga "Real" va "Bavariya" ham davogarlik qilmoqda. Agar yozda jamoani "Bayer"ning amaldagi ustozi Xabi Alonso boshqarsa, madridliklar varianti dolzarb bo'lishi mumkin. Futbolchi va murabbiy o'rtasida yaqin munosabatlar mavjud.
Jonatan Ta "Bayer"ga 2015 yilda kelib qo'shilgan. Bu vaqt ichida u 398 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda Ta 45 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar