So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  6 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Server Jeparov Xalqaro futbol associaciyalari kengashining futbol bo'yicha maslahat guruhi azoligiga qabul qilindi Yangiliklar

Server Jeparov Xalqaro futbol associaciyalari kengashining futbol bo'yicha maslahat guruhi azoligiga qabul qilindi

Hamyurtimiz nufuzli maslahat guruhi azosiga aylandi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori, ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov Xalqaro futbol associaciyalari kengashining (IFAB) futbol bo'yicha maslahat guruhi (Football Advisory Panel – FAP) azoligiga qabul qilindi.

IFAB bu - futbol qoidalarini ishlab chiqish va takomillashtirish uchun masul tashkilot bo'lib, uning Futbol bo'yicha maslahat guruhiga FIFA va barcha konfederaciyalardan vakillar tayinlangan. 

FIFA futbolni rivojlantirish rahbari Arsen Venger, sobiq futbolchilar nigeriyalik Sandey Olise, argentinalik Esteban Kambiasso, francuz Yuriy Jorkaef va portugaliyalik Liush Figu kabi yulduzlardan iborat bu kengashda endi O'zbekiston nomidan Server Jeparov ham ishtirok etadi. 

Osiyo Futbol Konfederaciyasi uchun ajratilgan ikki o'rinning biriga G'arbiy Osiyo vakili sifatida aynan Server Jepparov taklif qilingan bo'lsa, Sharqiy Osiyo vakili sifatida Yaponiya Futbol Uyushmasi Prezidenti, Yaponiya terma jamoasi sobiq futbolchisi va sardori Tsuneyasu Miyamoto tanlab olingan.

IFAB'ning maslahat guruhi futbol qoidalarini o'zgartirish, baholash va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o'ynaydi. Keyingi ikki yil davomida Server Jeparov futbolni yanada adolatliroq va tomoshabop qilish maqsadida olib boriladigan bahs-munozaralarda ishtirok etadi.

FAP azolari o'z konfederaciyalarining va butun dunyo futbol jamiyatining manfaatlarini himoya qilishi kerak. Ular professional futbolni yaqindan bilishi, zamonaviy tendenciyalarni tushunishi va komissiya ishida faol qatnashishlari zarur.

Server Jeparovning FAP tarkibiga qabul qilinishi uning futbol oldidagi xizmatlari tan olingani va O'zbekistonning xalqaro futbol maydonidagi o'rni yana-da mustahkamlanayotganini anglatadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика