Taran va "SHo'rtan" "Paxtakor"ni kubokdan chiqarib yuborgani yodingizdami?
23 avg 2022 16:22
Yangiliklar


Taran va "SHo'rtan" "Paxtakor"ni kubokdan chiqarib yuborgani yodingizdami?
Bu jamoalar shu kunga qadar mamlakat kubogi dioirasida 6 marotaba uchrashishgan. 3ta uchrashuvda durang, 1ta bahsda "Paxtakor", 2ta o'yinda "SHo'rtan" g'alabani tantana qilgan. Ushbu uchrashuvlar orasida 2010 yilgi qarama-qarshilikni alohida ajratib ko'rsatish mumkin. O'sha mavsumda kubok finaliga qadar etib borgan g'uzorliklar chorak finalda amaldagi sovrin sohibi "Paxtakor" to'sig'ini engib o'tgandi.
22.06.2010. O'zbekiston kubogi chorak final.
"Paxtakor" - "SHo'rtan" 1:2
Gollar: Aleksandr Geynrix 52 - Georgiy Megreladze 15, Igor Taran 88
Javob uchrashuvi: 1:1
Gollar: Igor Taran 24 - Ro'zimboy Ahmedov 52
2015 yil bu ikki klub O'zbekiston kubogida keyingi bosqich uchun kurash olib bordi. Safarda 1:2 hisobida engilgan "sherlar" javob bahsida 2:0 natijasida raqibdan ustun kelgandi. Bu hozircha kuboklardagi oxirgi o'yin bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz bugungi bellashuv soat 19:00da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar