Ruben Amorim: "Men kelasi yildayoq APLni yutamiz demaganman"

Mirjalol Normatov
4 apr 2025, 21:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasi kelasi mavsumda ham APLni yutmasligini aytdi.

"Ko'p ish qilyapmiz, yangicha standartlarni joriy qildik, bazida o'sha standartlarga moslashmagan futbolchilarni almashtiryapmiz. Kelasi yiliyoq APLni yutamiz demaganman, hali ahmoq bo'lib ulgurganim yo'q.

Hozir biz ko'p azob chekyapmiz, biz kelasi mavsumda yaxshiroq holatda bo'lishimiz kerak. Kelasi mavsumda ham sovrin uchun da'vogarlardan biri bo'lamiz deb o'ylamayman, balki ikki yildan keyin ham bunday bo'lmas. Hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Biz shoshilib ish qilyapmiz. Lekin biz raqobatbardosh bo'lishimiz uchun uzoq yillar ketishini istamayman. Bunday o'ylay olmayman. Men unday murabbiy emasman. Bunday narsalar menda yo'q.

Faqatgina "Manchester Siti" emas, hozir ko'plab jamoalar yuqori darajada. Biz ular darajasiga yetishimiz kerak. E'tiborimni kuchli jihatlarimizga qaratganman. Shuningdek, klubning statusiga qarab katta futbolchilarni jamoaga olib kelishni istayman", - dedi mankunianliklar ustozi.

Ayni damda "qizil iblislar" peshqadam "Liverpul"dan 36 ochkoga ortda qolgan holda APL turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal