Mahmud Mahamadjonov: "Mavsum avvalida o'z o'yinimizni topib olishga qiynaldik"
03 apr 11:09
Yangiliklar
Mahmud Mahamadjonov: "Mavsum avvalida o'z o'yinimizni topib olishga qiynaldik"
Superliganing qoldirilgan 1-turi doirasidagi "Paxtakor" – "Mashal" (5:0) o'yinidan so'ng mezbonlar himoyachisi Mahmud Mahamadjonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi o'yin o'tkazdik va mavsumdagi dastlabki g'alabani qo'lga kiritdik. Muxlislarni xursand qilish uchun maydonga chiqqandik. Oldimizda g'alabadan boshqa yo'l yo'q edi. Borimizni bag'ishlaganimiz bois chiroyli g'alabaga erishdik.
Muvaffaqiyatsiz natijalar hamma jamoada uchrab turadigan holat hisoblanadi. Mavsum avvalida o'z o'yinimizni topib olishga qiynaldik. Kelgusida kerakli ochkolarni yig'ishda davom etamiz.
Keyingi raqib – "So'g'diyona"ga qarshi o'yingacha ko'p vaqtimiz yo'q. Shuning uchun, dam olmasdan, ertadanoq tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlaymiz. Menimcha, jiddiy muammoga uchramaymiz", dedi 21 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar