So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Islom Ismoilov: "Xitoyga qarshi o'yin oson o'tmaydi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Xitoyga qarshi o'yin oson o'tmaydi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Xitoyga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Oldimizda vaqt kam bo'lgani sababli, tezkorlik bilan kechagi uchrashuvni tahlil qildik. Bugundan Xitoyga qarshi bahs uchun tayyorgarlikni boshladik. Xitoy yoshlar futboli ham Osiyoda o'z o'rniga ega. Oson o'yin bo'lmasligi aniq. Tayyorgarlikni shunga yarasha olib boryapmiz. Tailand bilan uchrashuvdagi xatolardan kelib chiqqan holda, yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni berib, taktik ishlanmalarni amalga oshirishga kirishdik.

2024 yil avgust oyida Xitoyda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda mezbonlarga qarshi o'ynaganmiz. Shu boisdan ushbu jamoaga qarshi qanday o'yin ko'rsatish bo'yicha ozgina malumotlarimiz bor. Bundan tashqari, raqibning Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasidagi har bir uchrashuvi va o'tkazgan o'rtoqlik o'yinlarini tahlil qilib, o'zimiz uchun kerakli xulosaga keldik. Xudo xohlasa, guruhimizdagi ikkinchi bahsda ham g'alaba qozonib, o'zbek futboli muxlislarini xursand qilish uchun harakat qilamiz", - dedi Islom Ismoilov.

O'yin 6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi “Okaz” stadionida start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика