So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Bahrom Haydarov: "Ikkinchi qizil kartochka sababli mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Ikkinchi qizil kartochka sababli mag'lub bo'ldik"

Superliganing 4-turi doirasida "Surxon" maydonida uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yinni boshlanishidanoq "Surxon" hujumga tashlanishi aniq edi. Jamoa ketma-ket o'yinlarda mag'lub bo'lgandi. Dastlabki 15 daqiqalikda himoyani yaxshi ushlashimiz kerak edi. Buni uddaladik. Raqib ilk vaziyatidan gol urdi. Bitta gol o'tkazib yuborish falokatli holat emas. Ikkinchi bo'limga yaxshi kayfiyatda chiqdik. Ikkala jamoa ham bir xil o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. Uchrashuv boshida tashabbus "Surxon" tomonda bo'ldi. Ikkinchi bo'limga kelsak, taymni yaxshi boshladik. Yigitlar g'alaba uchun intilayotgandi, lekin ikkita qizil kartochka... Bitta qizil kartochka unchalik sezilmayotgandi. Biroq ikkinchisi raqibga katta ustunlik taqdim qildi. Shuni hisobiga o'yin oxirida kuchimiz etmay qoldi. To'qqizga o'n bir holatda ham oxirigacha o'ynashimiz kerak edi. Biroq buni uddalay olmadik.

- "Qo'qon-1912" hisobni tenglashtirgandan keyin Siz Bahrom Abdurahimovni tushirmoqchi bo'ldingiz va ikki hujumchini almashtirishga tayyorlanayotgandingiz. Bu nima bilan bog'liq? Ikkinchi savolim: kartochkalar jamoaga halaqit qildi. "Qo'qon-1912"da kartochkalarning ko'payib ketayotgani nima bilan bog'liq? Tartib-intizommi yoki boshqa holatlar bormi:

- Buni tartib-intizom bilan bog'lamagan bo'lardim. Chunki bu o'yin epizodlari. 1:1 bo'lganidan keyin Shahzod Beshimov hamda Muhammadanas Hasanovni zaxiraga olmoqchi edim, biroq o'sha holat bo'lib qoldi. Ulgurmadik. O'yin tugashiga 5-10 daqiqa qolganida bo'ladigan to'polon-janjallar futbolda bo'lib turadigan holat. Albatta, futbolchi o'zini ushlashi kerak. Biroq buni yomon holat deb o'ylamayman. Durang paytda hujumchini tushirish o'yindan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bizda o'yinni durangga olib borish niyatimiz yo'q. Bugun durang ham biz uchun yomon natija bo'lmasdi. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. O'zgarishlar tayyorlanayotgan paytda biz raqibga katta bosim o'tkazayotgandik. "Surxon" yosh jamoa, futbolchilar biroz dovdirayotgani ko'rindi. Ikkinchi qizil kartochka esa ularga katta ruhiy yordam bo'ldi. Shuni hisobiga raqiblar g'alaba qozondi.

- "Surxon" ayni damda Superliganing eng yosh jamoalaridan biri bo'lib turibdi. Shu boisdan "Qo'qon-1912" bugun agressivroq o'yin namoyish qiladi, ko'proq hujum qiladi deb o'ylagandim. Biroq "Surxon" ilk daqiqalardan tezkor gol uchun o'ynadi. Bugun "Qo'qon-1912"dan nega agressiv futbol ko'rmadik?

- Buni o'rganib chiqamiz. Agressiv futbol o'ynab, g'alaba qozonish kerakligini yigitlarga tushuntiryapmiz. Bu savolga aniq bir javobim yo'q. Barchasini ko'rib chiqishimiz kerak.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика