Dmitriy An boshchiligidagi "Neftchi" - Qirg'iziston kubogining uch karra sohibi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2026, 19:26
Qo'chqorotaning "Neftchi" klubi finalda "Muras Yunayted"ni ishonchli tarzda mag'lub etib, 2026 yilgi Qirg'iziston kubogi bosh sovriniga ega chiqdi.

Final bahsida “Neftchi” “Muras Yunayted”ni 3:1 hisobida taslim qildi. “Neftchi” o'z tarixida uchinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

Takidlash joizki, ushbu g'alabaga jamoaning o'zbekistonlik bosh murabbiyi Dmitriy An, shuningdek, futbolchilar Sobit Sindarov, Aziz Koshibxonov, Sardor Xursandov va Asadbek Beglarxonov ham o'z hissalarini qo'shishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia