So’nggi yangiliklar

12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  2 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  7 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  7 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0

Superliga. “Surxon” mavsumdagi ilk g'alabasini 9 kishi bo'lib qolgan “Qo'qon-1912” ustidan qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. “Surxon” mavsumdagi ilk g'alabasini 9 kishi bo'lib qolgan “Qo'qon-1912” ustidan qo'lga kiritdi

Teglar :  Qo'qon-1912Surxon
Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Surxon” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi bo'lib o'tdi.


“Surxon” — “Qo'qon-1912” - 3:1
4 aprel 2025 yil. Termiz, "Surxon Arena" stadioni. 20:15
Hakamlar: 
Nikita Mustafin, Artyom Kalinin, Zufar Eliboev, Maruf Tilloev
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Elnur Doniyorov
Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Muhammadali Abdurahmonov 38, - 1:0 (Sunnatilloh Hamidjonov). Muhammadanas Hasanov 74, - 1:1. Diyor Ramazonov 90+3, - 2:1 (Kirill Kolesnichenko). Asadbek Karimov 90+7, - 3:1.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov (5.Jamaldin Xodjaniyazov, 79), 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (77.Asadbek Karimov, 68), 18.Nodir Abdixoliqov, 19.Muhammad Ali Abdurahmonov (11.Abdug'afur Haydarov, 60), 21.Muhammadyusuf Mirqodirov, 27.Asilbek Jumaev (15.Diyor Ramazonov, 68), 66.Behruz Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov (9.Kirill Kolesnichenko, 60).
Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruzjon Kaimov, 26.Behruz Shukurullaev, 88.Dmitriy Kratkov.

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isoqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 8.Baxtiyor Qosimov, 10.Husniddin G'ofurov, 11.Shahzod Beshimov, 14.Jasur Xolto'raev (69.Egor Kondratyuk, 34) (17.Alisher Xayrullaev, 83), 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov (23.Bekjon Jo'raboev, 65), 22.Muhammadanas Hasanov, 44.Andro Giorgadze.
Zaxira: 1.Rustam Nartadjiev, 5.Jasur Yoqubov, 9.Javohir Husanov, 15.Zafar Hakimov, 18.Bahrom Abdurahimov, 30.Ibrohimjon Muxtorov, .

Ogohlantirishlar: Egor Kondratyuk 57, Diyor Ramazonov 90+6, Shahzod Beshimov 90+6, Asadbek Karimov 90+7.

Chetlatishlar: Husniddin G'ofurov 52, Muhammadanas Hasanov 80.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+9. O'yin tugadi. "Surxon" - "Qo'qon-1912" 3:1

90+7. Ogohlantirish. "Surxon". Asadbek Karimov

90+7. GOL! Hamidjonovning zarbasi Toshtemirovga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Asadbek Karimov darvozaga yo'lladi - 3:1

90+6. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Shahzod Beshimov

90+6. Ogohlantirish. "Surxon". Diyor Ramazonov

90+3. GOL! Kolesnichenkoning o'ng tomondan erlatib uzatgan to'pini Diyor Ramazonov darvozaga yo'lladi - 2:1. 

90. O'yinga 8 daqiqa qo'shildi

88. Zarba! Kolesnichenkoning zarbasi kuchsiz chiqdi, Isoqov to'pni egallab oldi

86. Zarba! Mirqodirovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

83. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Boshidan jarohat olgan Kondratyuk o'rniga Alisher Xayrullaev tushdi

80. CHETLATISH! Muhammadanas Hasanov Mirqodirovga nisbatan qo'pol o'ynadi va chetlatildi. "Qo'qon-1912" 9 kishi bo'lib qoldi!

79. O'zgarish. "Surxon". Nematxonov o'rniga Xodjaniyazov tushdi

77. UXXX! Artyom Potapov va Egor Kondratyuk to'qnashib ketishdi. Kondratyuk boshi bilan raqib posboniga borib urildi. Shifokorlar ikkala futbolchiga yordam berishmoqda

74. GOL! Jarima to'pidan Muhammadanas Hasanov gol urdi, to'p hech kimga tegmay darvozadan joy oldi - 1:1.

69. ZARBA! Hamidjonovning reydidan keyin Haydarov zarba berdi, to'p yo'liga chap qanot himoyachisi Shahzod Akramov to'g'anoq bo'ldi

68. O'zgarishlar. "Surxon". Jumaev va Tursunov o'rniga Karimov va Ramazonov tushdi

65. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Malikjonov o'rniga Bekjon Jo'raboev tushdi

60. O'zgarishlar. "Surxon". Abdurahmonov va Poyonov o'rniga Haydarov va Kolesnichenko tushdi

57. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Egor Kondratyuk 

55. ZARBA! Nodir Abdixoliqovning 25 metrlardan tepgan to'pini Isoqov ushlab oldi

52. CHETLATISH! "Qo'qon-1912". Husniddin G'ofurov

51. Bosh hakam VAR ni ko'rmoqda, G'ofurov hozir raqibiga tirsak bilan zarba bergandek tuyulmoqda 

48. Zarba! Abdurahmonovdan navbatdagi zarba, bu safar Isoqov o'z o'rnida

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+4. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi

37. GOL! O'ng qanotdan Hamidjonov uzatgan to'pni Muhammadali Abdurahmonov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. 

34. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Jarohat olgan Xolto'raev o'rniga Kondratyuk tushdi

33. Baxtiyor Qosimovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

29. Zarba! Jasur Xolto'raevning zarbasi anchagina noaniq ketdi  

28. ZARBA! Tursunovning zarbasidan keyin to'p darvoza yonidan o'tib ketdi

23. Xavfli vaziyat! "Surxon"ning hujumi, Dostonbek Tursunov

17. ZARBAAA! Chap qanotdan Shaydulov uzatgan to'pni jarima maydoni ichidagi Poyonov darvozaga yo'lladi, noaniq!

13. UXX! Qo'qonliklardan qarshi hujum, uzatilgan to'p Xolto'raevga etib borishiga Shaydulov yo'l qo'ymadi.

4. ZARBAAAA! Dostonbek Tursunovning kuchli zarbasidan keyin Azizxon Isoqov to'pni qaytardi!

1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика