Manba: Pirlo – Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2026, 19:10
Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Shartnoma 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan, bitim tez orada rasman yakunlanishi kerak.

Italiya oxirgi marta Jahon chempionati guruh bosqichidan chiqqanida, Pirlo hali jamoa safida to'p tepardi: bu 2006 yilda yuz bergan - o'shanda italiyaliklar mundialda g'alaba qozonishgandi.

Endilikda Pirlo oldida Italiyani 2014 yildan beri ilk bor JCHga olib chiqish vazifasi turibdi.

47 yoshli murabbiyning oxirgi ish joyi BAAning “Dubay Yunayted” klubi bo'lgan. Shuningdek, Pirlo B Seriya vakili “Sampdoriya” hamda Turkiyaning “Fatih Karagumryuk” klublarida ham faoliyat yuritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport