64 mln funt kamlik qildi: "Bornmut" "Chelsi"ning yirik taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2026, 19:47
“Chelsi” “Bornmut”ning markaziy yarim himoyachisi Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'rdi.

“The Standard” xabariga ko'ra, 22 yoshli angliyalik futbolchi londonliklar klubiga o'tishga juda qiziqmoqda, biroq “Bornmut” “ko'klar”ning 64 million funtlik (taxminan 75 million evro) taklifini rad etgan.

Mart oyida “olabug'alar” Skottga yangi shartnoma taklif qilgandi, ammo o'shandan beri hamkorlikni davom ettirish bo'yicha muzokaralar sekinlashgan, chunki futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirishga harakat qilmoqda.

Skottning “Bornmut” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilda yakuniga etadi. O'tgan mavsumda u klub safida 39 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Standard