So’nggi yangiliklar

18:00Суперлига. "Навбаҳор" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 17:57АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ҳамда "Челси"нинг асосий таркиблари маълум!  1 17:52Усмон Дембеле: "Барселона"да кўп жароҳат олардим. Ҳозир танам профессионаллашди"  0 17:24Шешко "Юнайтед"даги дебют голини урди  0 17:14"Навбаҳор" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  2 16:45"Андижон" ўз уйида ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:21"Ливерпуль" ва "Манчестер Сити" "Бавария" юлдузи учун 100 млн фунт сарфлашга тайёр  4 15:41"Вест Хэм" Поттерни 6 ўйиндаги 5 мағлубиятдан сўнг ишдан бўшатди  0 15:25"Брентфорд" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  19 14:58Йилнинг энг яхши мураббийини аниқлашда ўзбекистонлик журналист кимларга овоз берди?  1 14:27"Навбаҳор" клубини вақтинчалик ким бошқариши маълум бўлди  10 13:56Йилнинг энг яхши дарвозабонини аниқлашда ўзбекистонлик журналист кимларга овоз берди?  6 13:22Нарзулла Сайдуллаев "Олтин тўп" учун кимларга овоз берди?  12 13:08"Ал Ҳилол" ўйинчилари Нуньес ва Ал Довсари "Насаф"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  19 12:24Араухо "Барселона"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  0

Ilyos Zeytullaev: "Mag'lub bo'lmaydigan jamoa yaratish uchun himoyalanishni, g'alaba qozonadigan jamoa bo'lish uchun hujum qilishni bilish kerak" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Mag'lub bo'lmaydigan jamoa yaratish uchun himoyalanishni, g'alaba qozonadigan jamoa bo'lish uchun hujum qilishni bilish kerak"

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" (0:2) bahsidan so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bunyodkor" bugun mavsumdagi eng qiyin o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Ayniqsa birinchi bo'limda juda qiynaldik. Qarorni men qabul qilgandim va yakunda ko'rdikki, qarorim biroz xato bo'lgan ekan. Tanaffusda yigitlarga barchasini tushuntirdim va vaziyatni o'zgartirishimiz kerakligiga kelishib oldik. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatni o'nglab oldik. O'yinni yutolmasang, mag'lub ham bo'lma deyishadi. "Buxoro" bugungi bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rganini isbotlay oldi", - dedi Ilyos Zeytullaev bugungi bahsdan so'ng.

- Itsuki Urata va Temurxo'ja Abdiholiqovning bugungi o'yinda ishtirok etmadi. Bunga sabab nima?

- Ikki futbolchi ham biz uchun juda muhim. Ularning yo'qligi sezildi. Najmiddin Normurodov bugun jamoaga katta yordam berdi. Najmiddinni qaysi poziciyaga qo'ymaylik, u jangchi sifatida jamoaga yordamga keladi. U har kuni jamoa unga ishonishi mumkin bo'lgan futbolchi ekanligini isbotlab kelmoqda. Ikkinchi bo'limda esa assist ham qayd etdi. Urata tizzasidan jarohat olgan. Abdiholiqovni tavakkal qilib maydonga tushirishimiz noto'g'ri bo'lar edi. Hali oldinda o'yinlar ko'p.

- "Bunyodkor"ga aynan jarima maydonchasi ichida dalillik etishmayotgandek. Menga faqat shunday tuyulayotgan bo'lishi ham mumkin. Ushbu fikrga qo'shilasizmi?

- G'alabalar ko'pligida muammolar ko'rinmay qoladi. Biz bu jihat ustida ishlashimiz kerak. Birinchi bo'limni yomon o'tkazdik va muammolarimiz ko'rindi. Ideal jamoaning o'zi yo'q. Biz ham ishlashda davom etishimiz kerak. Tanaffusga qadar bizga mobillik etishmadi. Kachorri ikki markaziy himoyachi ichida qolib ketdi. "Buxoro" ham raqibni yaxshi o'rgangan ekan. Bakaev tajribali murabbiy ekanligini bilasizlar. Muammolarimizga qaramay, ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Men ushbu tush yakunlamasligini istayman.

- Superliganing dastlabki turlarida ko'proq himoyaviy futbol namoyish etgan jamoalar ko'proq g'alaba qozongan. Himoyaviy o'yin uslubi va unga qarama-qarshi bo'lgan hujumkor futbol o'rtasidagi tanlovda qaysi uslub sizga ko'proq maqul keladi? Ushbu masala bo'yicha o'zingizning fikringizni aytib o'tsangiz...

- Menga bir murabbiyim aytgan edi: "Mag'lub bo'lmaydigan jamoa yaratish uchun himoyalanishni bilish kerak, ammo g'alaba qozonadigan jamoa bo'lish uchun hujum qilishni bilish kerak". Men o'sha gaplardan so'ng futbolda ham balans bo'lishi kerakligini tushunganman. Faqatgina himoyaga yotib olib, qarshi hujumga umid qilish ham noto'g'ri. Baribir raqib ko'proq vaziyatlarga ega bo'ladi. Bunday uslub orqali bitta o'yinda g'alaba qozonish mumkin, ammo butun chempionat davomida, ko'proq hujum qiladigan jamoaning imkoniyatlari yaxshiroq bo'ladi. Bugun biz o'zimizning kuchsiz jihatlarimizni ko'rib oldik. Endi shular orqali o'yinimizdagi balansni qidiramiz. Yigitlar mavsum boshidan beri har bir narsani tezlik bilan o'rganib olishmoqda va o'yinlarda qo'llashyapti. Qadamba qadam yaxshilanib borishimiz kerak. Bu hali endi boshlanishi.

- O'tgan mavsumda jurnalistlar sizdan "Bunyodkor" o'yinida qachon sizning imzoingizni ko'ramiz deb so'rashgan edi. O'shanda siz men Pep Gvardiola emasman, men Ilyos Zeytullaevman va men o'zimning futbolimni namoyish etishim uchun biroz vaqt kerak degandingiz. Oradan bir mavsum o'tdi, Ilyos Zeytullaevning futbol falsafasini qachon ko'ramiz yoki "Bunyodkor" hozir namoyish etayotgan o'yin sizning uslubingizmi?

- Futbolda bugun g'alaba qozonasiz, ammo to'rt kundan so'ng yana bir o'yin bor va barchasi boshidan boshlanadi. Men bunga o'rganib ketganman. G'alaba qozonganimizda bizni maqtashadi, lekin mag'lubiyatdan so'ng tanqid ostida qolamiz. Men Gvardiola emasman deganimdan so'ng internetda ko'pchilik kulishgandi, men shunchaki hazillashgandim. Mendan jurnalistlar o'yin imzosi haqida so'rashgandi va men o'shanda bir hafta yoki bir oy ichida nimani o'zgartira olishim mumkin deya javob bergandim. Buning rostdan ham iloji yo'q edi. Joriy mavsumda men jamoada o'rganuvchanlik hissiyotini ko'ryapman. Qachondir g'alaba qozonamiz, qachondir esa yo'q. Mana shunday "og'ir" o'yinlar ham uchrab turadi. Bugun biz mavsumdagi eng qiyin uchrashuvimizni o'tkazdik. "Buxoro" juda-juda noqulay raqib. Birinchi bo'limda raqib darvoza to'sinini nishonga oldi ham.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика