ESPN 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzdi, Abduqodir Husanov ham etirof qilindi
03 apr 23:18
Yangiliklar
ESPN 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzdi, Abduqodir Husanov ham etirof qilindi
Reytingda futbolchilarning yuqori darajadagi o'yinlari, barqarorligi davomiyligi va o'sish jarayoni potencialiga qarab o'rinlarga ajratilgan. Kuchli o'nlik esa shunday ko'rinish olgan:
1. Lamin Yamal ("Barselona");
2. Florian Virtc ("Bayer");
3. Jud Bellingem ("Real");
4. Pau Kubarsi ("Barselona");
5. Joau Nevesh (PSJ);
6. Uorren Zair-Emeri (PSJ);
7. Xavi Simons ("RB Leypcig");
8. Gavi ("Barselona");
9. Aleksandar Pavlovich ("Bavariya");
10. Savio Moreyra ("Manchester Siti").
Qayd etish kerak, maqolada ESPN nashri reytingga kiritilishi mumkin bo'lgan futbolchilar ichida Abduqodir Husanovning ham nomini yozib o'tgan:
"Umuman olganda yosh sanalgan futbolchilardan markaziy himoyachilardan ko'ra, hujumga moslashganlar ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. Masalan, bu ro'yxatga PSJdan Lukas Beraldo yoki "Tuluza" posboni Giyo Restes ham o'rin olishi mumkin edi. Biroq ularga hali ko'proq o'yin amaliyoti kerak. Undan tashqari, yana bir qancha himoyaga ixtisoslashgan futbolchilar: Jorjo Skalvini ("Atalanta"), Lyuis Xoll ("Nyukasl"), Abduqodir Husanov ("Manchester Siti"), Konor Bredli ("Liverpul") va Patrik Dorgu ("Manchester Yunayted") kabilarning ham ushbu reytingga qo'shilishi ehtimoli ko'rib chiqildi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar