Tahlil. Bahorgi uyg'onish azobi. Uyqudagi "qaldirg'och", kubokni qizdirayotgan "Qiziriq" yoxud Berdievning kaliti Babayanda
22 apr 16:05
Yangiliklar
Tahlil. Bahorgi uyg'onish azobi. Uyqudagi "qaldirg'och", kubokni qizdirayotgan "Qiziriq" yoxud Berdievning kaliti Babayanda
Xalqaro maydonda hozircha ishlarimiz besh. Umid qilamizki, bu yo'lning intihosi ham muvaffaqiyatli yakunlanadi. Har holda ular ko'rsatayotgan o'yin fonidagi natijalar shunday fikrlashga undamoqda. Ularga omad tilagan holda barchangizning etiboringizni ichki musobaqalarimizdan biri O'zbekiston kubogi qaratmoqchiman. Bu erda ham ancha qiziqarli bellashuvlar bo'lib o'tmoqda. Balki terma jamoalar orqasida qolib ketgandek ko'rinar-u, lekin diqqat bilan nazar tashlansa etibor qilishga arziydi.
Uyqudagi "qaldirg'och"
Futbolda natija gapiradi. Sizning klubingizda qanday muammo, kim kelyapti yoki kim ketyapti natija fonida ortga chekinadi. "Bunyodkor" ning bu yilgi ko'rsatkichlari ajablantirmay qolayotgani yo'q. Jamoa so'nggi 3ta o'yinni 3 xil liga jamoasiga qarshi o'tkazdi va 3 ta bahsda ham raqiblarni uyda qabul qildi.
Superliga. "Bunyodkor" - "Dinamo" 0:0
O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" - "SHo'rtan" 0:0
O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" - "Qiziriq" 1:1
Anvar G'ofurov boshqaruvni qo'lga olgach jamoa dastlabki 3 ta o'yinda yomon taassurot qoldirmagan, "Navbahor" dan ochko tortib olgandi. Nimadir ijobiy o'zgarish ko'zga tashlanayotgandi. Kubokda esa o'yin kartinkasi butkul boshqa tomonga o'zgarib ketdi. Buni murabbiy rotaciyalar qilayotgani, hammaga imkon berib ko'rib olayotgani bilan izohladi. Kubokda rotaciyalar qilinishi tabiiy. Lekin Anvar G'ofurovning qo'l ostida rotaciya qilish uchun resurs umuman yo'q hisobi.
1. Selekciya
Aslida hamma xatoga mavsum boshida yo'l qo'yib bo'lingandi. Futbolda natija bo'lishi uchun sifatli selekciya o'z tasirini o'tkazadi. «Bunyodkor»da na unisi, na bunisi bor. Xalqimizda: "Ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur",- degan gap bor. Murabbiyning ish quroli bu tarkibdagi futbolchilar. Afsuski 2 ta turdan so'ng Bubalo va uning chet el xo'rozqandlari qandayligi ko'rinib qoldi. Undan qolgan "tishlangan non" Anvar G'ofurovga qolib ketdi. Murabbiy kubokda rotaciya qilaman desa tarkib yo'q. Rotaciya amalga oshirsa, natija bu ahvol. Murabbiy so'nggi 2 ta o'yinda legionerlardan ham foydalanib ko'rdi. Bari foydasiz.
2. Tarkibdagi raqobat va etishmayotgan "qariyalar"
Mazkur masala bevosita zanjir bo'lib yuqoridagi muammoga bog'lanadi. Hech qaysi zamonda jamoa mavsumni 2 dona markaziy himoyachi bilan boshlamaydi. Boz ustiga Mahmud Mahamadjonovning OTJga ketishi uning qanotidagi muammoni yuzaga keltirdi. Anvar G'ofurov To'lqinbekov va Izzatov tandemidan markaziy himoyachi yasadi. Dastlabki 2 ta turga qaraganda bu tandem o'zini oqlayapti. Aslida ular himoyachi bo'lmasada. SHunday kamchilik hujum yaratuvchi poziciyada ko'zga tashlanmoqda. Jamoada hujumchilar bor. Lekin ungacha bo'lgan nuqtada kreativ yondashadigan, o'tkir paslar bilan hujum nuqtasiga chiqaradigan o'yinchi yo'q. Futbolchi tarkibda qaerdan raqobat oladi, kimdan o'rganadi? Albatta o'zidan kuchli futbolchidan.
Bitta misol keltiraman, 2000 yillar boshida "Paxtakor" Nesterov, Geynrix, Kapadze, Anvar G'ofurov, Krushelnickiylar kelgan pallada jamoada Ashurmatov, Quttiboev, Qosimov, Koshelev kabi nomlar tajribalilar bor edi. Jeparov Qosimovning yonida ancha o'sishga muvaffaq bo'ldi. Jarima zarbalarini Qosimovdan keyin Server zimmasiga oldi. Bu aynan o'shaning mevasi edi. Sasha o'sha mavsum 23ta , Kapadze 20ta, 20 yoshga to'lmagan Bikmaev 7ta, Nesterov 18ta o'yinda maydonga tushgan. 2018-2019 yillar «Bunyodkor» uchun qiyin davrlar edi. Kattalar hattoki klubni yopish payiga tushib qolgandi. Tarkibda hech kim qolmagan, hamma ketib bo'lgan. Faqat akademiya tarbiyalanuvchilari va tajribalilardan Anvar G'ofurov, Murod Zuhurov qolgan. Vadim Abramov esa ularning qatoriga Lutfulla To'raevni kiritdi. Ikkinchi davrada Sanjar Tursunov, SHohruh Gadoev qo'shildi. O'sha yili "Bunyodkor" o'z tarixida ilk bor bronzaga ega chiqqandi. Ishoning jamoada yoshi kattalarni o'rni juda muhim. Anvar G'ofurov buni o'z boshidan o'tkazgan va bu narsa zarurligini yaxshi biladi. Temurxo'ja Abduxoliqovning esa bitta o'zi kamlik qiladi.
3. Golsiz futbol shakarsiz choy
CHoy yaxshi. Biroq unga shakar solsangiz u shirin bo'ladi, ichgingiz kelaveradi. Futbolda gol ham shunday kabi. Gol odamlarni stadionlarga chorlaydi, gol muxlislar nigohini o'ziga qaratadi. "Bunyodkor" so'nggi 3 ta o'yinda faqat 1 ta gol urishni uddasidan chiqdi. Bu juda kam. Ayniqsa "Qiziriq"dek jamoalarga bir paytlar "Rubin"ga 10 ta gol urgani kabi gollar yomg'irini yog'dirib tashlash kerak edi. Murabbiy aytganidek kecha Abduxoliqov va Ismonalievning olinishi oldindagi faollikni to'xtatdi. Ularning zaxiraga o'tirishidan so'ng "Qiziriq" engil nafas olishni boshladi, hujumga o'tdi, chunki ularga oldinda bosim qiladigan o'yinchi qolmagandi. Agarda himoyalanayotgan jamoaga qarshi uchrashuvda hujumchilarni olsangiz raqibga uyidan chiqishiga sababchi bo'lasiz.
4. Guruhdan chiqish imkoniyatlari
"Bunyodkor"ni oxirgi uchrashuvda faqat g'alaba qoniqtiradi. "SHo'rtan" - "Qiziriq" bahsida har qanday natija yuz berish ehtimolini hisobga olsak, 3 ochko orqali "qaldirg'ochlar" 5 ochkoga ega bo'lishadi. Bu esa ikkinchi o'rinni taminlaydi. "Jayxun"da 1 ochko mavjud va ular umidni uzib bo'lishgan. Lekin bu jamoa ham 2 ta turda raqiblariga maksimal qarshilik ko'rsatdi. "Bunyodkor" esa 2 ta o'yindagi o'yinini qilsa, tamom. Anvar G'ofurov uchun tarkibda kimlarni tushirish yoki tushirmaslik, asosiy tarkib masalasiga kubokdagi ikki durang aniqlab bergan bo'lishi kerak.
5. Tarixdagi eng yomon start
"Bunyodkor" joriy mavsumda kubokni qo'shib hisoblaganda 7 ta uchrashuv o'tkazdi va hali g'alaba nashidasini surgani yo'q. Bungacha eng yomon natija 2 ta o'yinni tashkil qilayotgandi (2019 yil ketma-ket ikki mag'lubiyat, "So'g'diyona" 1:2, "Paxtakor" 1:2). Superligada esa 14-o'rinni band qilib turibdi. Odamni rahmi keladi.
Maqolaning ikkinchi qismida qolgan jamoalarga to'xtalamiz
Babayanning qo'lidagi kalitlar
O'zbekiston kubogining "o'lim" guruhida kurash avjida ketmoqda. "Navbahor" birinchi o'rin masalasini hal qildi. Endi Babayan o'zi bilan birga kimni olib ketishi o'ylantirmoqda. "Dinamo" "Nasaf" bilan (3:3) durang orqali 2 ochko qo'lga kiritdi va ayni paytda ikkinchi o'rinda bormoqda. "Nasaf" va "Andijon"da 1 ochkodan mavjud. "Dinamo" "lochinlar"ni yutsa muammosiz 5 ochko orqali keyingi bosqich eshiklarini o'zi uchun ochadi. SHunda Andijondagi o'yin o'z ahamiyatini yo'qotadi.
Agarda Babayan va Abramov murosa ko'chasini tanlasa, "Andijon"da ham, "Nasaf"da ham imkoniyat paydo bo'ladi. "Navbahor"da 7, "Dinamo"da 3 ochko bo'ladi. Bundan pastdagi ikki jamoa foydalanib qolish imkoni tug'iladi. Ana haqiqiy jang. PFL bergan malumotlarga ko'ra, bu ikki o'yin bir vaqtda boshlanadi. Bundan xulosa ikkita o'yin ham shunchaki yonadi. "Dinamo", "Nasaf", "Andijon"ning nimchorak final kalitlari Babayanning qo'lida turibdi.
"Neftchi" kubokda yurishini davom ettirmoqda
Klub qarzdorliklar va boshqa tashqi muammolarga qaramay o'z yo'lida yurishda davom etmoqda. "Neftchi" va "Metallurg"da 6 ochkodan mavjud. Ikkisi ham keyingi bosqich masalasini hal qilib bo'lgan. So'nggi tur esa guruh g'olibi kim degan savolga aniqlik kiritib beradi. Bu guruhda barchasi malum. Sanjar Qodirqulov esa kubokda o'zining sifatlarini ko'rsatmoqda, 2 ta o'yin 2 ta gol.
"Paxtakor" guruhda qolib ketadimi?
O'tgan yili chorak finalda "Dinamo"ga yutqazib musobaqa bilan xayrlashgan "sherlar" bu mavsumda guruh bosqichidayoq shu ishni takrorlashlari mumkin. "So'g'diyona" hisobida 6 ochko bor va ular 1/16 finalga tayyorlansa bo'laveradi. "Paxtakor"ni esa durang ham qoniqtiradi. Ehtimoliy mag'lubiyat va "Qo'qon-1912"ning ehtimoliy yirik hisobdagi g'alabasi vaziyatni qiyinlashtirishi mumkin. Qo'qonliklar 1 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. O'zaro o'yinlarda durang va bunda to'plar nisbati katta sahnaga chiqadi.
"Temiryo'lchilar"ning yo'lida to'siq bor
"D" guruhida "Zomin"dan tashqari qolgan 3 ta jamoada ham imkoniyat saqlanib turibdi. "Lokomotiv"da 4, "Olimpik Mobiuz"da 4, "Qizilqum"da 3 ochko. Oxirgi turda Farhod Nishonov va Zayniddin Tojiev to'qnashuvi bo'lsa, "Qizilqum" Toshkentda "Lokomotiv" bilan bellashadi. "Lokomotiv" g'alaba orqali 7, raqibi 6 ochkoga ega chiqadi. "Olimpik Mobiuz"ning ehtimoliy g'alabasi so'zsiz nimchorak chiqadi. Mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham guruhda qolib ketish xavfi kamroq.
Fikrlar