So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

"O'zimizning "tobutkash" Kapadzega imkoniyat berish kerak" - Mirjalol Qosimov MTJga xorijlik murabbiy olib kelinishi haqida Yangiliklar

"O'zimizning "tobutkash" Kapadzega imkoniyat berish kerak" - Mirjalol Qosimov MTJga xorijlik murabbiy olib kelinishi haqida

O'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov MTJga xorijlik murabbiy kelishi haqidagi vaziyat bo'yicha o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

- Mirjalol Qo'shoqovich, MTJ o'z tarixida ilk marotaba mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi va keyingi yil O'zbekiston okean ortida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. So'nggi vaqtlarda OAV vakillari MTJ boshqarish uchun xorijlik murabbiy taklif etilishi mumkin, deya yoza boshladi. Germaniyalik mashhur Yoaxim Lyov va xorvatiyalik Slaven Bilich terma jamoani boshqarishga nomzod deya etirof etildi. Ushbu gap-so'zlarga qanday munosabat bildirasiz? O'zbekiston tarixidagi ilk mundialdagi ishtirokni qaysi murabbiyga ishonib topshirgan yaxshi? Xorijlik murabbiy kelsa u terma jamoani o'rganib olishga va Jahon chempionatiga tayyorlashga vaqti etadimi? Umuman olganda, ushbu masalada siz qanday fikrdasiz?

- Tajribali murabbiyning olib keldik deylik, lekin futbolchilar o'zgarib qolmaydi-ku. Futbolchilarimiz va tarkibimizni o'zgartira olmaymiz. Hozir bir yil vaqt bor, ertaga nima bo'lishini faqat yaratgan biladi. Associaciya mutasaddilari bularning barchasini o'rganib chiqishmoqda va hisob-kitob qilishadi.  O'zimizning "tobutkash" Kapadzega imkoniyat berish kerak deb o'ylayman. Baribir har bir mutaxassis xato qiladi. Bir paytlar Ziko ham bizda ishlab ketdi, masalan. 

Mundialga chiqish - tarixiy natija bo'ldi va yana bir bor xalqimizni bunday natija bilan tabriklayman. Katta voqeiylik ro'y berdi. Muhtaram prezidentimiz ham futbolga katta etibor qaratmoqda. 

Hozir terma jamoada yaxshi "baza" bor. Har bir futbolchi haqida malumot bor. Katanecning yordamchilari hozir ham terma jamoada va Kapadze bilan birga ishlashmoqda. Balki xorijlik mutaxassislarni O'zbekistonga maslahatchi sifatida olib kerish kerakmi yoki qandaydir lavozimga, bilmadim. Bunday qaror biz uchun yangilik bo'ladi.

Bu yo'lda davomiy va tizimli ish olib borish kerak. Bo'ldi, bir marotaba JCHga chiqdik emas, muntazam ravishda ishtirok etishni ko'zlash kerak. Maqsad qo'yib, sharoit yaratib berish kerak. Vitaminizaciya masalasi, boshqa sharoitlar, yaxshi sparring raqiblar topish. Bularning barchasiga mablag' talab etiladi. Terma jamoaga har tomonlama sharoit yaratib berish kerak. Aytmoqchi bo'lgan gapim shu.

Men Kapadze tomonda bo'laman. Balki qandaydir yordamchi inson yollab Kapadzega yordam qilish kerakmi, zamonaviy futbolda tajribasi bor va Evropa "yo'nalishi"ni olib kirishi mumkin bo'lgan. Bir so'z bilan aytganda "sovremennyy" deydi-ku. Terma jamoaga faqat va faqat omad tilab qolamiz. 



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика