"Qizilqum" sobiq futbolchisi Serbiya klubiga qaytdi
08 avg 2025 15:07
Yangiliklar
"Qizilqum" sobiq futbolchisi Serbiya klubiga qaytdi
Tajribali vinger Alen Mashovich faoliyatini Serbiyaning "Vojdovac" jamoasida davom ettiradi.
Alen bu jamoada 2015/16, 2017/20, 2021/22 yilgi mavsumlarda ham harakat qilgan.
"Chet eldagi faoliyatimdan so'ng ikkinchi uyim bo'lmish "Vojdovac"ga qaytganimdan xursandman. Men bir necha bor ushbu klub azosi bo'lganman, uning falsafasini yaxshi bilaman. Umid qilamanki, o'z tajribam bilan jamoaning Superligaga qaytishiga yordam beraman. "Vojdovac" bunga loyiq", – dedi 31 yoshli futbolchi.

Mashovich ushbu mavsum "Qizilqum" tarkibida jami 12 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar