"Qizilqum" sobiq futbolchisi Serbiya klubiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025, 15:07
Tajribali vinger Alen Mashovich faoliyatini Serbiyaning "Vojdovac" jamoasida davom ettiradi.

Alen bu jamoada 2015/16, 2017/20, 2021/22 yilgi mavsumlarda ham harakat qilgan.

"Chet eldagi faoliyatimdan so'ng ikkinchi uyim bo'lmish "Vojdovac"ga qaytganimdan xursandman. Men bir necha bor ushbu klub a'zosi bo'lganman, uning falsafasini yaxshi bilaman. Umid qilamanki, o'z tajribam bilan jamoaning Superligaga qaytishiga yordam beraman. "Vojdovac" bunga loyiq", – dedi 31 yoshli futbolchi.

Mashovich ushbu mavsum "Qizilqum" tarkibida jami 12 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: zurnal.rs