So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

Superliga. "Xorazm" – "Surxon". Prevyu Yangiliklar

Superliga. "Xorazm" – "Surxon". Prevyu

Bugun Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ikkinchi davrani transferlar oynasida kuchayishga erishgan "Xorazm" birinchi davradagi singari g'alaba bilan boshladi. Tarkib borasida esa "Xorazm" yurgan yo'lga qarama-qarshi yurgan "Surxon" ishtirokidagi o'yinda esa muxlislar kinotomoshabinlar tilidan tushmaydigan rejissyorning filmlaridan biriga o'xshash kartinaga guvoh bo'lishdi – unda na prolog-epilog, na kulminaciya, na echim ko'zga tashlandi.

Jamoalarning Superliga doirasida to'qnashuvlari soni ikkita bir raqamini tashkil etadi. Ularning to'rttasida "Xorazm" ustun kelgan bo'lsa, yana shuncha bahsda kuchlar teng kelgan. "Surxon"ga g'alabalar bobida xuddi shunday natijaga erishish uchun bitta muvaffaqiyat kamlik qilmoqda. To'plar nisbatida esa Almopishning nabiralari bitta farq ustunlikka ega: 13-12.

Birinchi davradagi o'zaro qarama-qarshilida "Xorazm" "Surxon" maydonida 2:0 hisobida ustun keldi.

Taxmin. Turnir jadvalida bir-biridan nisbatan uzoq bo'lmagan jamoalar bellashuvi kurashlarga boy o'tishi tabiiy. Cho'qqiga chiqishda orqadan borayotgan alpinistdan oldindagi qiyinroq bo'ladi, sababi, u qulay yo'lni qidirish bilan bir qatorda, ortidan kelayotgan raqibi oyog'idan tortib qolmasligidan xavfsiraydi. Menimcha, ushbu turda ortda borayotgan "Xorazm" qo'lidan kelganini qilib, "Surxon"dan oldinga o'tib olish harakatini bajarsa kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика