Superliga. "Sho'rtan" "Bunyodkor"ni Toshkentda yutmagan
08 avg 17:39
Yangiliklar


Superliga. "Sho'rtan" "Bunyodkor"ni Toshkentda yutmagan
Bugun Superliganing 17-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
"Bunyodkor" va "Sho'rtan" "Jar" stadionida o'zaro to'qnash keladi. Bu jamoalarning Toshkentdagi o'zaro 11-uchrashuvi hisoblanadi. Ortda qolgan 10 ta bahsning 9 tasida "qaldirg'ochlar" ustun kelgan bo'lsa, 1 ta bellashuv durang bilan yakunlangan.
Statistikadan malumki, "Sho'rtan" raqibini mehmonda hali mag'lub etishning uddasidan chiqmagan. G'uzorliklar oxirgi marotaba 2010 yil Toshkentda "Bunyodkor"dan ochko tortib olgan (1:1).
Malumot uchun, mazkur qarama-qarshilik 21:15 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar