

"Bunyodkor" va "Sho'rtan" "Jar" stadionida o'zaro to'qnash keladi. Bu jamoalarning Toshkentdagi o'zaro 11-uchrashuvi hisoblanadi. Ortda qolgan 10 ta bahsning 9 tasida "qaldirg'ochlar" ustun kelgan bo'lsa, 1 ta bellashuv durang bilan yakunlangan.
Statistikadan ma'lumki, "Sho'rtan" raqibini mehmonda hali mag'lub etishning uddasidan chiqmagan. G'uzorliklar oxirgi marotaba 2010 yil Toshkentda "Bunyodkor"dan ochko tortib olgan (1:1).
Ma'lumot uchun, mazkur qarama-qarshilik 21:15 da start oladi.



