So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Ro'ziqul Berdiev: "Oxirgi zarbani berishda sovuqqonlik etishmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Oxirgi zarbani berishda sovuqqonlik etishmadi"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Raqib bugun zich himoyalandi va bu bizga qiyinchilik tug'dirdi. Lekin g'alaba qozona olmaganimiz uchun o'zimiz aybdormiz. Oxirgi zarbani berishda futbolchilarimizga sovuqqonlik etishmadi. Raqib esa gol urib olgach himoyaga katta etibor qaratdi.

- Aytib o'tganingizdek, "Andijon" bugun yaxshi himoyalandi.

- Baribir hammasi o'z qo'limizda edi. Lekin nimayam derdim, durang qayd etildi. Superligamizda kutilmagan natijalar ko'p kuzatilyapti va chempionat shunisi bilan qiziq o'tyapti.

-  Jamoaga taklif etilgan legionerlar bo'yicha ijtimoiy tarmoqda turli gaplar aylandi.

- Bu haqda oldingi o'yindan keyin ham aytgandim. Viza bilan bog'liq masalalar sabab legionerlarning safimizga qo'shilishi biroz kechikdi. Nasib qilsa ular tezda jamoamizga kirishib ketadi.

- Bu mavsum har ikki jamoa o'z omadini Osiyo maydonlarida sinab ko'radi.

- Ha, shunday. Biz Elit Osiyo chempionlar Ligasida, "Andijon" esa OCHL 2da ishtirok etadi. Bizning maqsadimiz g'olib chiqish emas, balki munosib ishtirok etish. Imkon qadar yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilamiz. Bu yil Superliga chempionligini o'zimizda saqlab qolishimiz kerak.

- "Nasaf" safida debyut qilgan Adenis Shala o'yinini qanday baholaysiz?

- Bu futbolchi mashg'ulotlarimizda faqat ikki marta qatnashdi. Uning kuchli tomonlari bor va tezkor o'yinchi. Keyingi uchrashuvlarda Shala o'zini ko'rsatishiga umid qilamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика