Behruz Karimov: "Shveytsariya - Yevropa eshiklari ochilishi uchun tayyor reklama maydoni"

Iskandarov Abdulaziz
1 okt 2026, 15:19
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov Suriyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Suriya bilan o'yinga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Raqibni etarlicha o'rgandik, uchrashuvga tayyormiz. Ularning o'yinlarini ko'rib chiqdik, tahlil qildik”, - deydi Behruz Karimov.

- O'zbekiston Superligasi va Shveytsariya chempionati o'rtasida qanday farq ko'rdingiz?

- Futbol juda tezkor va jamoalar jismonan baquvvat. Bu erni Yevropa eshiklari ochilishi uchun tayyor reklama maydoni desam bo'ladi.

- Fabio Kannavaro doim intensivlik haqida gapiradi. Shveytsariyada bu borada vaziyat qanday?

- Shveytsariyada har 3-4 kunda o'yin bo'ladi, doimiy ravishda rotaciyalar amalga oshiriladi. Shu bois bu borada muammo yo'q.

- “Lugano” safidagi tajribali futbolchi bilan raqobatda asosiy tarkib uchun kurashda yutib chiqmoqdasiz...

- Raqobat - yaxshi narsa. Uni oldindan ham kuzatardim, hozir esa do'stmiz. Bir-birimizni tushunib o'ynamoqdamiz. Ikkimizda ham etarlicha imkoniyat bo'ladi.

- Eron bilan o'yindan so'ng qaysi xatolar ustida ishlandi?

- Hujumga o'tayotgan pallada biroz shoshilmoqdamiz. Suriya bilan o'yinda o'z o'yinimizni to'liq ko'rsata olamiz, deb o'ylayman.

- Terma jamoaga chaqirilgan yosh futbolchilardan kimlar siz kabi kashfiyot bo'lishi mumkin?

- Hammada imkoniyat bor. U-23 jamoamizdan ham ko'plab futbolchilar chaqirilgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia